Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya

Tilemansga A Seriyadan xaridorlar ko‘payib qoldi

Tilemansga A Seriyadan xaridorlar ko‘payib qoldi

Baho:
+ | -

“Lester” safida Angliya Premyer-ligasida to‘p surayotgan belgiyalik yarim himoyachi Yuri Tilemans Italiyaning grand klubiga o‘tish imkoniga ega. Bu haqda Todofichajes sahifalarida xabar berilgan.

Manbaga ko‘ra, "Roma" 25 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi. Tilemans Rim klubiga tekinga o‘tishi mumkin, chunki uning "tulkilar" bilan shartnomasi 2022/2023 yilgi mavsum oxirida tugaydi.

Avvalroq OAVda belgiyalik futbolchiga Londonning "Arsenal" va "Barselona" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Tilemans joriy mavsum chempionatda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 18:23, 02.05.2023.
O'qildi: 894 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик