Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

APL. «Arsenal» o‘z maydonida «Chelsi»ga imkon qoldirmadi (videosharh)

APL. «Arsenal» o‘z maydonida «Chelsi»ga imkon qoldirmadi (videosharh)

Baho:
+ | -

Angliya Premyer Ligasining 34-turida “Arsenal” va “Chelsi” jamoalari 2 may, seshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuvning 18-daqiqasida Martin Edegor maydon egalarini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 31-daqiqada norvegiyalik futbolchini dublni rasmiylashtirdi. Oradan ko‘p o‘tmay Gabriel Jezus hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Bunga mehmonlar 65-daqiqada Noni Maduekening goli bilan javob qaytardi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarishsiz qoldi.

“Arsenal” liga doirasida 5-o‘yinga kelib g‘alaba qozondi va ochkolarini 78 taga yetkazib, birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Ikkita zaxira o‘yiniga ega “Manchester Siti”da 76 ochko mavjud. “Chelsi” esa 39 ochko bilan 12-pog‘onada bormoqda.

APL, 34-tur bahsi
2 may, seshanba
“Arsenal” – “Chelsi” 3:1
Gollar: 1:0 – 18 Edegor, 2:0 – 31 Edegor, 3:0 – 34 Gabriel Jezus, 3:1 – 65 Madueke.
“Arsenal”: Remsdeyl, Uayt, Gabriel (Holding, 85), Kiver, Zinchenko (Tirni, 73), Jaka, Jorjinyo (Parti, 86), Edegor, Saka (Nelson, 74), Trossard (Martinelli, 59), Gabriel Jezus.
“Chelsi”: Arrisabalaga, Aspilikueta, Tiago Silva, Fofana (Chaloba, 86), Chiluell, Kovachich, Kante, Fernandes (Mudrik, 71), Sterling (Gallaher, 71), Madueke (Ziyesh, 79), Obameyang (Havers, 46).
Ogohlantirishlar: Kovachich (80), Gallaher (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:23, 03.05.2023.
O'qildi: 10031 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик