Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Rus xokkeychisi: «Men ichmayman, men musulmonman!»

Rus xokkeychisi: «Men ichmayman, men musulmonman!»

Baho:
+ | -

SSKA xokkey klubi himoyachisi Yaroslav Diblenko jamoasining Gagarin kubogidagi g‘alabasidan so‘ng o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuv qahramonlaridan biri armiyachilar himoyachisi Yaroslav Diblenko bo‘ldi. Diblenko rus bo‘lishiga qaramay, bir necha yil oldin islomni qabul qilib, musulmon bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning dinga kelishiga 10 yil oldin qadrdon do‘sti, Mitishchi shahrining “Atlanta”, keyin «Traktor» klublarida birga o‘ynagan himoyachi Albert Yarullin sababchi bo‘lgan.

«U [YArullin] Islomga avvalroq kelgan. Men undan ko‘p narsa o‘rgandim, biz din mavzusida ko‘p gaplashardik. Albatta, men bundan oldin ham ba’zi narsalarni, masalan, Allohning yagonaligi haqida bilardim. Bu men uchun juda qiziq edi», deydi SSKA himoyachisi.

«Alhamdulillah. Menga g‘alabani nasib etgani uchun Allohga hamdlar bo‘lsin. Uning inoyati bilan bugun g‘alaba qozondik. Meni kutayotgan qarindoshlarim, xotinim, ota-onam, onam, qaynonam, kichkina qizimga rahmat. Juda asabiy bo‘ldi, lekin biz buni yengib o‘tdik”, dedi xokkeychi muxbirga bergan intervyusida.

G‘alaba uchun shampan ichasizmi, degan savolga Yaroslav Diblenko: "Men ichmayman, men musulmonman", — deb javob berdi. Shuningdek u namozni sira tark qilmasligini ta’kidlab o‘tgan.

Manba: azon.uz
Kiritildi: 08:12, 03.05.2023.
O'qildi: 2687 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик