Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Londonliklarga havas qilib bo‘lmaydi

Londonliklarga havas qilib bo‘lmaydi

Baho:
+ | -

Roman Abramovich ketganidan keyin "Chelsi" zulmatning timsoliga aylanib qoldi. Dahshatli tarkib, yomon natijalar va murabbiylarning istirohat bog‘i — bu Todd Boelining bir necha oylik ishining natijalari. “Ko‘klar” uchun inqirozdan chiqib ketish juda qiyin bo‘ladi. Jamoada nimalar bo‘lyapti?

Ko‘pchilik murabbiylar jamoada sifatli o‘yinchilar kam bo‘lsa, buni yomon deb hisoblashadi, lekin ular haddan tashqari ko‘p bo‘lsa, bundan ham yomon deyishlari ajablanarli emas. Hozirda "Chelsi" ro‘yxatida 30 dan ortiq o‘yinchi bor, demak, ularning ko‘pida o‘yin vaqti kam yoki umuman bo‘lmaydi. The Athletic xabariga ko‘ra, aynan shu sababdan futbolchilarning katta qismi noroziligini bildirgan.

O‘z navbatida, murabbiylar bu masalani hal qilib, hammani o‘ynashga qo‘yib berishmoqchi (bu mavsumda 33 nafar futbolchi asosiy tarkibda o‘ynagan), ammo bundan futbol sifati yomonlashadi. Ishtiyoqsiz yoki yomon formadagi futbolchilar ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishmaydi.

“Ijobiy tomoni shundaki, jamoada ajoyib o‘yinchilar bor, lekin boshqa tomondan, har doim baxtsiz bo‘ladigan futbolchilar. Har doim kimdir xafa bo‘ladi, chunki hamma ham o‘ynay olmaydi. Murabbiy 30 kishidan atigi 11 kishini tanlashi mumkin, bu esa qiyin. Yanvar oyida sakkiz nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladik. Biz strategiya ishlab chiqishimiz kerak, aks holda keyingi mavsumda ham xuddi shunday xatolarga yo‘l qo‘yishimiz mumkin”, - deydi Tiago Silva.

Yozgi transfer mavsumi vaziyatni yana-da og‘irlashtirishi kutilmoqda. Jamoaga yana o‘nga yaqin futbolchi kelishi kutilmoqda. "Chelsi" Kristofer Nkunkuni sotib oladi, Romelu Lukaku, Kolvill va Xadson-Odoi esa ijaradan qaytishadi. Biroq, The Athletic xabariga ko‘ra, boshliqlar tarkibni qisqartirish haqida allaqachon o‘ylamoqda.

Nashrning yozishicha, futbolchilar yozda jamoada qisqartirishlar bo‘lishini yaxshi bilishadi. Jamoadan ketish xavfi ostida asosan shartnomasi tugashiga bir yoki ikki yil qolgan futbolchilar o‘rin oladi.

Ularning ko‘pchiligi kelajak haqidagi noaniqlikdan tashvishda. Lekin hammasi ham emas. The Athletic nashri ba’zi o‘yinchilar o‘z xohishlari bilan ketishni istashi haqida yozadi. Shu bilan birga, ular orasida qishda jamoaga qo‘shilganlar ham bor.

Amerika nashri insayderlari yana bir muammo jamoada tajribali yetakchilarning kamligi deb bilishadi. Barcha yangi kelganlarga "Chelsi" klub uchun nima ekanligini va qanday g‘alaba qozonish an’analari borligini tushuntirib beradigan hech kim yo‘q. O‘sha faxriylardan biri Jorjinyo edi, lekin u klubni tark etdi. Meyson Maunt yoki Ris Jeymslarning o‘zi juda yosh va yaxshi mavsum o‘tkazmayapti.

Jamoa natijalarining bu qadar yomon bo‘lishi murabbiylarning tez-tez almashganligi ham sabab sifatida keltirilyapti. Bu mavsumda "ko‘klar" bilan to‘rtta murabbiy ishlagan.

Boeli qo‘l ostida imzolangan barcha so‘nggi shartnomalarda qiziqarli band bor - "Chelsi" Chempionlar ligasida o‘ynamasa, maosh 30 foizga qisqartiriladi. Bu band ancha asosli va mantiqiy, biroq yana bir muammo bor. Amerikalik biznesmen kelishidan oldin shartnomlarga imzo chekkan futbolchilarda bunday band yo‘q. Bu esa o‘z-o‘zidan jamoa ichida tengsizlikni yuzaga keltiradi.

Inqirozdan qanday chiqishni noto‘g‘ri tushunish yana-da achinarli holatni yuzaga keltirishi mumkin. Katta tarkib, moliyaviy tengsizlik, yetakchilarning yetishmasligi. Futbolchilar bilan muammoni qanday hal qilish mumkin? Ushbu “atala”ni ichiga kirishga rozi bo‘lgan murabbiyni qanday topish mumkin? Shartnomalarni qanday tenglashtirish kerak? Todd Boelining qiladigan ishlari ko‘p.

Kiritildi: 11:50, 03.05.2023.
O'qildi: 1758 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.