"PSJ" muxlislari norozi bo‘lgan bir paytda futbolchilar xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rdi.
Avvalroq, "PSJ" muxlislari klub rahbariyatining iste’fosini talab qilib, klub ofisiga kelgandi. Shuningdek, ular Messi, Neymar, Al-Xelaifiy va Verrattini jamoani tark etishga chaqirishgan va Lionel Messini haqoratlangan. Shundan so‘ng muxlislar braziliyalikning uyiga kelib, "Neymar, yo‘qol!" deya hayqirishdi.
Ushbu voqeadan keyin "PSJ" rahbariyati klub bazasida xavfsizlik choralarini kuchaytirdi. Bundan tashqari, Messi, Neymar va Verrattilarning uylarida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.