Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

«Brayton»ga qasos olish uchun yana «Man Yunayted» uchradi (prevyu)

«Brayton»ga qasos olish uchun yana «Man Yunayted» uchradi (prevyu)

Baho:
+ | -

Bugun tunda APL 28-turining qoldirilgan bahsi doirasida «Brayton» hamda «Man Yunayted» kurash olib boradi. Qiziq tomoni, «Brayton» Angliya kubogidagi alamli penaltilar ceriyasi uchun qasos olishga harakat qilib ko‘radi.

«Brayton»

O‘tgan turda «qizillar» «Aston Villa»ni minimal hisobda yenggan bo‘lsa, De Zerbi shogirdlari «Vulvz» darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi. Shunga qaramay o‘shanda uch kun avval jamoa «Nottingem»ga mag‘lub bo‘lgan (1:3). Ammo qoldirilgan o‘yinlarni hisobga olsak, «chaykalar» bemalol hozirgi 8-o‘rnidan 5-pog‘onaga ko‘tarilsa bo‘ladi. Ta’qib qilayotgan jamoalari ham anoyilardan emas - «Aston Villa», «Tottenxem» hamda «Liverpul». So‘nggi besh o‘yinda jamoa xoh g‘alaba qozonsa, xoh mag‘lub bo‘lmoqda, ya’ni stabillik yo‘q. Ammo gol urish borasida muammolar ko‘zga tashlanmaydi. Oxirgi 21 ta uchrashuvning atigi bittasida «Brayton» raqibi darvozasini ishg‘ol qila olmagan xolos. Jamoa o‘z uyida o‘tgan 2023 yildagi 7 uchrashuvning 5 tasida g‘alaba qozondi - barchasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlagan holda. Ko‘ramiz, bugun xuddi o‘sha yigitlar «MYU»ga qanday qarshilik ko‘rsata olarkan?!

«Manchester Yunayted»

Har bir seriyaning yakuni bo‘lgani kabi «Aston Villa»ning ham har bir o‘yinda gol urish metodi «Old Trafford»da ish bermay qoldi. Martines go‘zal seyvlari bilan yodda qolgan ersada, Brunoning harakatlari oldida ojiz qoldi. Undan oldingi turda esa «qizil iblislar» «Tottenxem» bilan jangovar durang qayd etgandi - 2:2. To‘rtlik uchun kurashayotgan ortidagi raqiblarining shundoqqina nafasini his qilib turgan jamoa bugun mehmonda g‘alaba qozonsa, «Nyukasl»ni ortda qoldirib, 3-o‘ringa ko‘tarilib oladi. YECHL yo‘llanmasini ichki liga orqali himoya qilish osonroq. Chunki «Man Yunayted» Yevropa ligasida «Sevilya»ga imkoniyatni boy berdi va endi bor e’tiborini APLga qaratadi. Ten Xag shogirdlari 2023 yil hisobidan safardagi 7 ta o‘yinda atigi 2 marta g‘alaba qozongan. Bundan avvalgi «Ameks»da bo‘lgan uchrashuv «qizil iblislar»ning yirik 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugagan. Biroq avgustda o‘z maydonida jamoa xuddi shu raqibiga yutqazgan (1:2).

Yangiliklar

De Zerbiga bugun Moder, Lempti, Sarmiyento va Lallana yordam bera olmaydi. Shuningdek, italiyalik mutaxassis Evan Fergyuson bilan ham tavakkal qilmoqchi emas. «Vulvz»ga qarshi bahsda Veltman ham jarohat olgan edi. Biroq uning jarohati unchalik jiddiy emas deya aytilmoqda. Safga qaytganlar orasida Gross nomi muxlislarni xursand qiladi. Shuningdek, o‘tgan turni zaxirada o‘tkazgan Mitoma, Makkalister, Kaysedo hamda Kolvil bugungi o‘yinda jamoasiga yordam berishga shay.

«Yunayted» lazaretida esa Van de Bek, Garnacho, Xiton, Jons hamda Varandan yaxshi yangiliklar bor.

Kiritildi: 17:11, 04.05.2023.
O'qildi: 2478 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик