Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

«Ko‘p-klublilik» tizimi haqida nimalarni bilasiz?

«Ko‘p-klublilik» tizimi haqida nimalarni bilasiz?

Baho:
+ | -

Sportdagi adolat prinsipi haqida davom etamiz.

Klublarni sun’iy ravishda kuchaytirib yuborish hamda bir shaxs qo‘l ostida turli klublarning to‘planishi aslida qoidalarga zid. O‘tgan yil noyabr oyida Gleyzerlar «Manchester Yunayted»ni sotishga qaror qildi. Bu yo‘lda esa asosiy favorit Qatar guruhi bo‘lib chiqdi. Ushbu guruh alohida kompaniyalar orqali «PSJ»ga ham egalik qilishini eslatib o‘tamiz.

Angliya hamda Italiyada bir mamlakatning ikkita klubiga egalik qilish taqiqlanadi. Xususan, Italiya futbol federasiyasi 2021 yili A Ceriyaga yo‘l olgan «Salernita» egasi Klaudio Lotitoga qat’iy taqiq qo‘ydi. Bunga sabab Rimning «Lasio» klubi ham ushbu shaxsga tegishli bo‘lgan. Natijada undan o‘z aksiyalarini sotish talab qilindi. Mamlakat futbol federasiyasi prezidenti Gabriyele Gavrina 2024-25 yilgi mavsum so‘ngigacha bu kabi ishlarning hal bo‘lishini nazorat qilib boradi. Shuni unutmaslik kerakki, ushbu qoida turli mamlakatlarning jamoalari uchun amal qilmaydi. Angliyada 15 ta klub «ko‘p jamoali» tizim uchun ro‘yxatga olingan. Bu esa Yevropadagi rekorddir. Ularning eng kattasi barchaga ma’lum «City Football Group» hisoblanadi. U o‘z miqyosini Angliyadan tashqari AQSH, Xitoy, Ispaniya, Avstraliya, Yaponiya, Urugvay, Belgiya, Hindiston hamda Boliviya kabi davlatlar orqali kengaytirgan. Shunga o‘xshash ravishda «Red Bull» tizimida Avstriya, Germaniya, AQSH va Braziliyadagi klublar mavjud. Angliyada ikkinchi klubga egalik qilish jarayonida undagi aksiyalar 30%ulushdan oshib ketmasligi kerak. Buni nazoratga soluvchi maxsus test mavjud.

UYEFA miqyosidagi turnirlarda teng ulushdagi aksiyalarga ega ikki xil jamoa ishtirok etishi mumkin emas. Bu qoida 1998 yili joriy etilgan bo‘lib, o‘sha yili UYEFA kubogida qatnashgan «AYEK» hamda «Slaviya»da bu ustavning buzilish holatlari kuzatilgan. UYEFAning qoidalari ichki ligalarnikidan farq qilishi haqida aytib o‘tdik. Avvallari bu tashkilot «ikkitalik klub» tizimiga umuman ruxsat bermagan. Keyinchalik o‘zgarishlar bo‘ldi va endi biror kompaniya 49% ulushga egalik qilishi mumkin.

Kiritildi: 21:24, 04.05.2023.
O'qildi: 1031 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик