Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati boshlanmoqda. Kuchlilar va ularning raqiblari kimlar bo‘ladi?

Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati boshlanmoqda. Kuchlilar va ularning raqiblari kimlar bo‘ladi?

Baho:
+ | -

Armanistonda katta shov-shuvlar, yangi rekordlar, kutilgan va kutilmagan natijalarga boy tarzda o‘tgan Yevropa chempionatidan so‘ng, dunyo og‘ir atletikachilarining nigohi Osiyoga qaratilmoqda. Janubiy Koreyada o‘tadigan bu galgi qit’a chempionati Osiyoning eng kuchli og‘ir atletikachilarini aniqlash bilan birga, Parij-2024 Olimpiadasining muhim reyting ochkolarini taqdim etadigan nufuzli musobaqa sifatida ham e’tiborlidir. Janubiy Koreyaning Jinju shahri kechadigan chempionatda erkaklar va ayollar o‘rtasida 10 ta vazn toifasida bellashuvlar o‘tkaziladi.

Janubiy Koreyada o‘tadigan ushbu chempionat qit’a sportchilari uchun joriy yil sentyabr oyida Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlari oldidan o‘zini sinab ko‘rish uchun yaxshi imkoniyat yaratayotganligi bilan ajralib turadi.

Eslatib o‘tamiz, og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati 2023 yilning 3-13 may kunlari Koreya Respublikasining Jinju shahrida bo‘lib o‘tadi va uni Olimpiya kanali orqali Olympics.com saytida jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

Chempionatda dunyoning 35 ta davlatidan 250 nafardan ortiq og‘ir atletikachi, jumladan, jahon va Olimpiya o‘yinlari chempionlari ishtirok etadi.

Chempionatda qit’adagina emas, dunyoda o‘z nomiga ega bo‘lgan sportchilardan Xitoy Xalq Respublikasi vakili Li Fabin erkaklar o‘rtasida 61 kilogramm vaznda ishtirok etadi.

U 61 kg vazn toifasida Olimpiya o‘yinlari oltin medali sovrindori Osiyo musobaqalarida yana porlash arafasida. 30 yoshli sportchi 2022 yilda siltab ko‘tarishda yangi jahon rekordini o‘rnatib, Bogotada jahon chempionligini qo‘lga kirit edi. Bu gal ushbu natijani saqlab qolish va undanda yaxshiroq ko‘rsatkichga erishishga harakat qilishi shubhasiz.

Xuddi shuningdek Xitoy Taypeyilik Xing Chun Kuo ayollar o‘rtasida 59 kilogrammda tengsiz sportchilardan biri.

Uning uzoq davom etgan mag‘lubiyasiz seriyasi o‘tgan yilning dekabr oyida o‘tgan jahon chempionatida yakunlangan bo‘lishi mumkin. Ammo Xing-CHun Kuo yangi va kuchli raqibga ega bo‘lishiga qaramay, 59 kg vazn toifasida Osiyoda yetakchi bo‘lib qolmoqda. Rio-2016 bronza medali sovrindori, Tokio Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgandi. Ammo Kolumbiyada o‘z maydonida sevimli Enni Alvaresga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

Filippinlik Xidilin Diaz ayollar o‘rtasida 59 kilogrammda raqiblariga osonlikcha yo‘l bermaydiganlar sirasiga kiradi.

Kuoning eng katta raqibi, shubhasiz, 2020 yilgi Tokio Olimpiadasida 55 kg vazn toifasida Filippin davlati uchun ilk Olimpiya oltin medalini taqdim etib, tarixga kirgan Hidilin Diaz bo‘ladi. Ushbu vazn toifasi Parij-2024 Olimpiadasidan chiqarib tashlanganidan beri Dias o‘z vaznini 59 kilogrammga ko‘tardi. U Janubi-SHarqiy Osiyo o‘yinlarida o‘z unvonini himoya qilmaslikka qaror qildi va Parijga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun ochko to‘plash umidida Koreyada ishtirok etdi. U Yaponiyadagi Vaseda universitetida qit’a chempionatiga tayyorgarlik ko‘rdi.

Osiyo chempionatida erkaklar o‘rtasida 102 kilogrammda qatnashadigan qatarlik Fares El-Bah ko‘pchilik og‘ir atletika ishqiboz va mutaxassislari orasida Meso Xassuna nomi bilan ham tanilgan. Fares El-Bah avvallari 96 kilogrammda qatanashardi. Olimpiya o‘yinlaridan ushbu vazn olib tashlangandang keyin u 2024 yilgi Parij Olimpiadasida qatnashish uchun o‘z baxtini 102 kilogrammda qidirmoqda. Aynan u 96 kiloda Tokio-2020 Olimpiadasi g‘olibiga aylanib, Qatarning og‘ir atletika bo‘yicha birinchi Olimpiada chempioni nomiga musharraf bo‘ldi. O‘tgan yilning oktyabr oyida 102 kilogramm vazn toifasida Osiyo chempioni unvonini qo‘lga kiritgan sportchi endi Jahon chempionati kumush medali sovrindori Eron Islom Respublikasi vakili Reza Dehdar bilan oltin medal uchun kurashadi.

Umuman olganda Janubiy Koreyada o‘tadigan qit’a chempionati har jihatdan qiziqarli bashlarga boy bo‘lishi, qit’a og‘ir atletika sporti rivoji, uning dinamikasidagi o‘sish nuqtalaridan biri bo‘lishi shubhasiz.

Ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining raqiblari, Parij-2024 yo‘lida ularga raqobat ko‘rsatadigan sportchilar har jihatdan salobatga ega atletlar. Ishonamizki, iste’dodli sportchilarimiz Olimpiada yo‘lidagi qit’a chempionatida o‘z irodasini nomoyish etadi. Bu yo‘lda ularga omad tilab qolamiz.

O‘zbekiston og‘ir atletika
Federasiyasi Matbuot xizmati

Manba: weightlifting.uz
Kiritildi: 22:24, 04.05.2023.
O'qildi: 1393 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.