Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Shuhrat Toshpo‘latov: «Aniq maqsaddan chekinmaymiz»

Shuhrat Toshpo‘latov: «Aniq maqsaddan chekinmaymiz»

Baho:
+ | -

«Nasaf» Superligadagi noxush start («ajdarlar» 1-turda «Andijon»ga yutqazib qo‘yishgandi, boz ustiga, o‘z maydonlarida)dan keyin o‘zini ancha tiklab oldi.

Jamoa jumladan, 7-turda «Olimpik»ni ishonchli tarzda yengib, majburiy qisqa tanaffusga yaxshi kayfiyat bilan chiqib ketdi. 3:0 hisobida yakunlangan uchrashuvdan so‘ng «ajdarlar» o‘z ochkolari sonini 14taga yetkazib, turnir jadvalida peshqadamlar guruhini ta’qib qilishda davom etmoqdalar. Maxsus muxbirimiz oxirgi o‘yindan so‘ng diskvalifikasiyaga uchragan Ro‘ziqul Berdiyev o‘rniga «Na­saf»ni maydonga boshlab tushgan jamoa katta murabbiyi Shuhrat Toshpo‘latovni suhbatga chorlab,  keyingi rejalar qandayligiga qiziqdi.

- Shuhrat Bekpo‘latovich, avvalo, «Nasaf»ning yirik hisobli g‘alabasi bilan tabriklaymiz. Bu siz uchun o‘ziga xos sovg‘a bo‘ldi, binobarin, «ajdarlar»ni bevosita maydonga boshlab tushdingiz, o‘yin borishini zimdan boshqarib turdingiz... 

- Albatta, yoqimli g‘alaba jamoaga daxldor har bir insonniki. Yigitlar maydonga tushishdan oldin va tanaffus vaqti berilgan ko‘rsatmalarni a’lo darajada bajarishdi. Aslida g‘alaba men emas, majburiy holatda chetda qolgan Ro‘ziqul Berdiyevga sovg‘adir. Shukrki, futbolchilarimiz xarakter ko‘rsatib, bosh murabbiyimizni uyaltirib qo‘yishmadi, uning o‘rindiqda yo‘qligini bildirishmadi. O‘zi joriy mavsum har bir jamoa uchun murakkab kechyapti. Umumiy qaraganda, Superligada shunchaki, yutqazadigan yoki ochko ulashadigan jamoaning o‘zi qolmadi. Autsayderdek ko‘ringan jamoa ham yetakchilarga keskin qarshilik taklif etyapti. Mana, uzoqqa bormaylik, oxirgi turdan o‘rin olgan «Buxoro» - «Neftchi» o‘yini fikrimga dalil. To‘g‘risi, ko‘pchilik farg‘onaliklar osongina g‘alaba qozonishlarini kutgandi, amalda esa...

- «Nasaf» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev «Bunyod­kor»ga qarshi o‘yindan so‘ng yuzaga kelgan mojaro ortidan oz emas, 5ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi. Bunday holatda zimmangizdagi mas’uliyat o‘z-o‘zidan yanada oshishi tabiiy. Qizg‘in pallada zaxira o‘rindig‘ida bosh murabbiy o‘rnini egallash og‘ir emasmi?

- Avvalo, aytishim kerak, 6-tur bahsidan keyin noxush holat ro‘y berdi. Bunaqasini hech kim o‘ylamagandi. Ikkinchi tomondan, futbol kurashlarga boy va ba’zan ziddiyatlar kuzatiladi. Axir maydonda hech kim yutqazishni xohlamaydi. Gohida o‘yin shunday tus oladiki, asabni jilovlash qiyin bo‘ladi. Aslida Ro‘ziqul Sa’dullayevich - Shuhrat Bekpo‘latovich, avvalo, «Nasaf»ning yirik hisobli g‘alabasi bilan tabriklaymiz. Bu siz uchun o‘ziga xos sovg‘a bo‘ldi, binobarin, «ajdarlar»ni bevosita maydonga boshlab tushdingiz, o‘yin borishini zimdan boshqarib turdingiz... 

- Albatta, yoqimli g‘alaba jamoaga daxldor har bir insonniki. Yigitlar maydonga tushishdan oldin va tanaffus vaqti berilgan ko‘rsatmalarni a’lo darajada bajarishdi. Aslida g‘alaba men emas, majburiy holatda chetda qolgan Ro‘ziqul Berdiyevga sovg‘adir. Shukrki, futbolchilarimiz xarakter ko‘rsatib, bosh murabbiyimizni uyaltirib qo‘yishmadi, uning o‘rindiqda yo‘qligini bildirishmadi. O‘zi joriy mavsum har bir jamoa uchun murakkab kechyapti. Umumiy qaraganda, Superligada shunchaki, yutqazadigan yoki ochko ulashadigan jamoaning o‘zi qolmadi. Autsayderdek ko‘ringan jamoa ham yetakchilarga keskin qarshilik taklif etyapti. Mana, uzoqqa bormaylik, oxirgi turdan o‘rin olgan «Buxoro» - «Neftchi» o‘yini fikrimga dalil. To‘g‘risi, ko‘pchilik farg‘onaliklar osongina g‘alaba qozonishlarini kutgandi, amalda esa...

- «Nasaf» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev «Bunyod­kor»ga qarshi o‘yindan so‘ng yuzaga kelgan mojaro ortidan oz emas, 5ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi. Bunday holatda zimmangizdagi mas’uliyat o‘z-o‘zidan yanada oshishi tabiiy. Qizg‘in pallada zaxira o‘rindig‘ida bosh murabbiy o‘rnini egallash og‘ir emasmi?

- Avvalo, aytishim kerak, 6-tur bahsidan keyin noxush holat ro‘y berdi. Bunaqasini hech kim o‘ylamagandi. Ikkinchi tomondan, futbol kurashlarga boy va ba’zan ziddiyatlar kuzatiladi. Axir maydonda hech kim yutqazishni xohlamaydi. Gohida o‘yin shunday tus oladiki, asabni jilovlash qiyin bo‘ladi. Aslida Ro‘ziqul Sa’dullayevich hamisha bosiqligi bilan ajralib turgan. Raqibning provakasion xatti-harakati esa har qanday temir asabli kishini ham izdan chiqarib yuborishi hech gap emas. Endi o‘rindiqda bosh murabbiy o‘rnini egallashga kelsak, «Nasaf»da hammasi to‘g‘ri yo‘lga qo‘­yilgan. Demak, chetda turib, «amerikani qayta kashf etishim» shart emas. Qolaversa, jamoani o‘yinlarga Berdiyev ko‘rsatmalari asosida tayyorlaymiz, bamaslahat ish tutamiz. O‘ylaymanki, futbolchilarimiz diskvalifikasiya vaqtida murabbiy uchun ham ikki hissa ko‘proq jon kuydirishadi maydonda. Shu jihatdan jamoani boshqarish qiyinchilik tug‘dirmasa kerak. To‘g‘ri, Ro‘ziqul aka jazo muddati yakuniga qadar o‘yin jarayoniga bevosita aralasholmaydi. Lekin o‘rindiqda jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Ilgiz Sibagatullin ham bor. Qisqasi, o‘zaro fikrlashib ish tutyapmiz. Mana, «Olimpik» bilan bahs­da shogirdlarimiz har bir hududda benazir o‘ynashga harakat qilishdi. Asosiysi, mashg‘ulotlardagi ishlanmalar besamar ketmadi. O‘yindan oldin odatdagidek, standart vaziyatlar ustida ishlashga alohida e’tibor qaratgandik. Qarangki, «Olimpik»  darvozasiga 3ta golni ham aynan shunday vaziyatdan urdik. «Stantart»dan effekt chiqarishda ayniqsa, G‘olib G‘aybullayev, Sherzod Nasrullayev, Akmal Mozgovoy, Oybek Bozorov, Javohir Siddiqov va Bahrom Abdurahimovning xizmatlari katta. Xususan, Husniddinning jonkuyarligi tasanno aytishga loyiq. Uning asosan orqa chiziq va markazda o‘ynab turib, 7ta turda raqiblar darvozasini 4 marta nishonga olgani ko‘p narsadan dalolat. Aliqulovning to‘purarlar poygasiga qo‘shilib olgani hujumchilarimizga o‘ziga xos motivasiya berishiga ishonaman. Yana Jo‘rabek Mannonovning to‘p bilan oldinga intilish ishtiyoqiga gap yo‘q. Qolaversa, Abubakrrizo Turdi­aliyev va Aziz Xolmurodov kabi yoshlarimiz ham o‘zlarini ko‘rsatishga shaylar. Alibek Davronov tomonidan urilgan 3-gol - bu mashg‘ulotlarda ishlangan kombinasiya mahsuli. Futbol chiroyini shunday gollar ochadi, albatta.

- Himoyachilarning hujumga faol qo‘shilishlari va gollar urishayotgani yaxshi, albatta. Biroq masalaning ikkinchi tomoni ham bor: «Nasaf» hujumchilari joriy mavsum negadir soyaga o‘tib olishgandek...

- Yo‘q, ular soyada emaslar va hali o‘zlarini ko‘rsatishlariga ishonaman. Faqat ozgina sabr kerak. Mana, Lima Kruz asta-sekin asosiy tarkibga qaytmoqda, «Bunyodkor» hamda «Surxon»ga qarshi bahslarda faol harakatlangani bilan ko‘zga tashlandi. Braziliyalik «Olimpik» bilan o‘yinda ham katta hajmda ish bajardi va uning harakatidan qoniqdik. Lima shunday intilishda davom etsa, hali gollarning o‘zi keladi, albatta.

- Mavsum boshida katta umidlar bilan jamoaga jalb etilgan iqtidorli hujumchilardan biri Aziz Amonovning holati nafaqat «Nasaf», balki boshqa klublar muxlislarini ham tashvishga solmoqda. Milliy jamoamizga real nomzod sanalgan futbolchiga yetarli darajada imkoniyat berilmayotgandek... 

- Tushuning, hammasi birdan amalga oshmaydi. Aziz chindan ham, iqtidorli yigit, buni Superligada ham isbotlab ulgurgan. Biroq u o‘tgan yili Eronda ma’lum muddat amaliyotsiz qoldi va buning ta’siri yo‘q emas. Asosiysi, hozirda mashg‘ulotlarda astoydil ishlayapti. Ishonchim komil, Amanov «Nasaf»da yo‘qolib qolmaydi. Uning chiroyli o‘yinlari hali oldinda. Faqat odatiy tonusga kirib olishigacha sabr bilan ishlasa, bas.

- «Nasaf» joriy yil ham 3ta frontda kurash olib boradi: Superliga, mamlakat kubogi va OCHL. Hozirgi tarkib har uch yo‘nalishda natija ko‘rsata olishiga ishonasizmi? «So‘g‘diyona»ning o‘tgan mavsum yakunidagi holatini nazarda tutsak, ehtimol, qaysidir turnirda faqat yaqin zaxirachilarga imkon berish kerakdir...

- Savolingiz o‘rinlidek, lekin futbolda ritm katta ahamiyatga ega. Qarang, yevrofutbolda kuchli klublar deyarli har 3-4 kunda o‘ynaydi. Bizda esa hozircha haftaga asosan 1ta o‘yin to‘g‘ri kelmoqda. Ha, orada kubok bahs­lari ham bor. Deylik, 3 may kuni «Surxon»ga qarshi maydonga tushsak, 7-sanada chempionat doirasida «Navbahor» bilan kuch sinashamiz. O‘ylaymanki, bunday taqvim professional klub uchun me’yor hisoblanadi. OCHL startiga esa hali bor. Unga qadar jismoniy tayyorgarlik darajasini ancha oshirish mumkin. Tarkibdan ko‘ngil to‘q. Nasib etsa,  jamoa yetakchilaridan biri Marko Stanoyevich yaqin orada safga qaytadi. Darvozada Umid Ergashev va Abduvohid Ne’matov bor, Shohmalik Komilov, Muhammad Rahimov, Shuhrat Muhammadiyev xohlagan vaqtda o‘yin­ni kuchaytira olishadi. Shuning barobarida yaqin zaxirani ham unutmaymiz, albatta. Superligada endi 7ta tur ortda qoldi. «Andijon»­ga imkoniyatni boy berganimiz, «Qizilqum» va «Bunyodkor»ga qarshi bahslarda ochko yo‘qotganimizdan fojia yasamaslik kerak. Chunki jamoa potensiali yuqori va aniq maqsaddan aslo chekinmaymiz.

Husan TEMIROV suhbatlashdi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:01, 05.05.2023.
O'qildi: 1373 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.