Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Aleksandr Xomyakov: «Albatta, Bekmurodovni ertaroq almashtirishim kerak edi»

Aleksandr Xomyakov: «Albatta, Bekmurodovni ertaroq almashtirishim kerak edi»

Baho:
+ | -

Superliga 9-turida o‘z maydonida «So‘g‘diyona»ga imkoniyatni boy bergan «Andijon» klubi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov mag‘lubiyat sabablari, Bekmurodovni ertaroq almashtirmagani xato qaror bo‘lgani, futbolchilarning juda hissiyotlarga berilgani va aybni o‘z zimmasiga olishi haqida gapirdi.

«Qizil kartochkadan keyin o‘yinimiz chiqmadi. Yakunda ikki gol o‘tkazib alamli tarzda mag‘lub bo‘ldik. Shunchaki, gollarda diqqatimizni yo‘qotdik. Futbolchilar yomon harakat qilishmadi, ammo, xatolar qimmatga tushgani rost», - dedi Xomyakov.

«Albatta, Bekmurodov biroz ehtiyot harakat qilishi kerak edi. Sariq kartochka olgan futbolchi bunday tavakkal qilishi professionallik emas. Albatta, uni ertaroq zaxiraga olishim kerak edi, ammo bu pozisiyada u menga kerak futbolchi edi. Qizil kartochka uning juda qiziqqonligi va hissiyotlarga berilganidan paydo bo‘ldi. Tajribali futbolchi bo‘lgani uchun unga ishongan edim».

«Barcha futbolchilar g‘alaba qozonishni istaydi va ulardagi hissiyot aynan shundan. Juda ko‘p asabiylashish va xatolar ham shundan kelib chiqadi. Murabbiy sifatida barcha aybni o‘z zimmamga olaman».

«Biz o‘tkazib yuborgan gollarimizda himoyachilarning aybi yo‘q. Agar ko‘rgan bo‘lsangiz, gollar uzoq masofadan urildi. Himoyachilar o‘yin davomida o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni yaxshi bajarishdi».

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:40, 05.05.2023.
O'qildi: 1163 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик