Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Andrey Shevchenko: «Milan»ning xarakteri ma’qul tushmoqda»

Andrey Shevchenko: «Milan»ning xarakteri ma’qul tushmoqda»

Baho:
+ | -

«Milan»ning sobiq hujumchisi - afsonaviy Andrey Shevchenko La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida asosan CHLning joriy mavsumi haqiqa gapirdi.

Ukrainalik mutaxassis ayniqsa, turnir yarim finalida kuzatiladigan «Milan derbisi»ga ko‘proq to‘xtaldi. Qiziq, Sheva qaysi tomon imkoniyatini yaxshiroq baholamoqda?

- Andrey, bo‘lajak «Milan derbisi» haqida nima deya olasiz?

- Bir narsa aniq - bizni sehrli ikki oqshom kutmoqda. Xalqaro miqyosdagi derbini futbolchi sifatida boshdan kechirganman. Endi esa menda muxlis maqomida ham zavqlanish imkoni bor.

- «Milan derbi»lari qanday bo‘lganini bir eslasangiz...

- Katta bosim, cheksiz umid, yana qiyosi yo‘q ehtiros. Uchinchisi alohida o‘rin tutadi. Yana hurmatga yo‘g‘rilgan doimiy yondashuv, albatta. Ya’ni «Milan derbi»larida hech qachon nafrat hissi sezilmagan. Ko‘chalar har ikki jamoaning sharf va bayroqlari bilan to‘lardi. Menimcha, bu safar ham xuddi shunday bo‘ladi.

- Anchelottining aytishicha, u derbidan oldin ba’zan uxlolmay qiynalgan ekan. Vaholanki, don Karlo futbolchilik davri o‘zini o‘ta bosiq va xotirjam tutishi bilan tanilgandi.

- Shunday, «Inter»ga qarshi jangdan 2-3 kun oldin uyqu qochardi o‘z-o‘zidan. Ammo stadionga yetib borganingizdan so‘ng barcha his-tuyg‘ular susa­yib, e’tiborni o‘yinga burardik tabiiy ravishda.

- Shaxsan siz bu ishni juda qoyillatgansiz. Har holda, 14ta gol bilan hamon «Milan derbisi» bosh to‘purari bo‘lib turibsiz.

- Bunday natija uchun ishonch va tirishqoqlik zarur, yana ba’zida ozgina omad ham. Lekin gollar o‘z yo‘liga, g‘alaba har doim jamoaniki bo‘ladi.

- Derbida urgan eng muhim golingizni ajratib ko‘rsata olasizmi?

- Albatta, eng salmoqlisini CHL-2003 yarim finalida urgandim. Yanada kengroq miq­yosda olsak, Manchester finalida penaltidan urilgan gol men uchun faoliyatimdagi eng muhimidir.

- U statistikada yo‘q, chunki o‘yindan keyingi penaltilar seriyasi hisobga olinmaydi...

- Ehtimol, statistika muhimdir, ammo ehtiros unutilmaydi, baribir. Qisqasi, o‘sha gol o‘zim uchun birinchi o‘rinda turadi.

- Sizningcha, qaysi klub CHLning bosh favoriti?

- Hozirda 4ta ishtirokchi ham teng imkoniyatga ega. Menga bugungi «Milan»ning xarakteri ma’qul tushmoqda, ayniqsa, butun jamoa bilan kurashish qobiliyati. Umuman, joriy CHL futbolda yakka yulduzlar emas, balki jamoa g‘alaba qozonishini ko‘rsatmoqda.

- Aynan qaysi futbolchi ko‘proq hayratga solmoqda?

- Takrorlayman, muayyan futbolchi emas, jamoaviy harakatlardan hayratlanyapman. Masalan, «Manchester Siti» endi yanada boshqacha o‘ynamoqda. Gvardiola jamoasi kerak bo‘lsa, jarima maydonida himoyalanadi va buni yaxshi bajaradi. Demoqchimanki, «Siti» o‘yini yanada ixchamlashdi, hujumi esa - hamon yuqori daraja!   Zamonaviy futbol saviyasi jarima maydonida himoyalanish sifatida ham ko‘zga tashlanmoqda.

- Xususan, «Milan» keskin o‘zgardi.

- Ha, Pioli nimalarnidir yangiladi. Hozirgi «Milan» jangovar xarakterga ega, garchi tarkibda yoshlar ko‘p bo‘lishsada. Ular qanday kurashish, qanday ishlashni bilishadi. Qolaversa, Jiru va Leau nechog‘li hajmda ish bajarishayotganiga bir qarang. To‘g‘ri, «Inter» ham o‘z muvozanatini topib olganini unutmaslik kerak.

- CHL yarim finalida 2ta jamoa - bu Italiya futbolining Yevropadagi imidji qayta ko‘tarilayotganidan dalolatmi?

- Davrlar qaytadi, katta klublar hamisha o‘z o‘rnini topadi. Mana, «Milan» qaytdi, «Inter» va «Yuventus» ham. «A» seriya - bu ko‘pchilik uchun Italiya futboli saviyasini belgilab beruvchi chempionat.

Manba: acmilanfan.ru, M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:33, 05.05.2023.
O'qildi: 1096 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.