«Bayer» himoyachisi Jeremi Frimpong faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirish imkoniyatiga ega, uning xizmatlariga «Real Madrid» qiziqish bildirmoqda.
Goal.com jurnalistlarining yozishicha, «qirollik» klubi 22 yoshli gollandiyalik futbolchi uchun kelasi yozda taklif bilan chiqadi. Potensial kelishuv qiymati 35 million yevroga baholanmoqda.
Frimpong Germaniya Bundesligasida shu paytgacha 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining «Bayer» bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan.













