Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Denis Bushuyev: «Mag‘lubiyatga loyiq o‘yin ko‘rsatmadik»

Denis Bushuyev: «Mag‘lubiyatga loyiq o‘yin ko‘rsatmadik»

Baho:
+ | -

Superliga  9-turida o‘z maydonida «Paxtakor»ga mag‘lub bo‘lgan «Turon» klubi bosh murabbiyi Denis Bushuyev jamoasi mag‘lubiyatga loyiq o‘yin ko‘rsatmagani, yoshlarga berilayotgan imkon, Abega va Norbekovning maydonga tushirlmagani sabablari va raqib ajratmasligi haqida gapirdi.

«Bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik. Penaltini aniq amalga oshira olganimizda, menimcha, hammasi boshqacha kechardi. Birinchi bo‘limda qisqa va o‘rta paslar bilan himoyadan chiqishda biroz muammolar yuzaga keldi. Ikkinchi taymda uzunroq paslar orqali o‘ynashga intildik, sababi raqib yuqoriroq joylashgan edi. Bugun mag‘lubiyatni qabul qilish qiyin bo‘lmoqda, chunki, futbolchilar yaxshi o‘ynashdi va darajalarini ko‘rsatishdi. Buning uchun ularga rahmat deyman», - dedi Bushuyev.

«Bugun qanotlarda yosh futbolchilarga imkoniyat berdik. Ular yomon harakat qilishmadi. Maydonga tushish uchun barcha haqli. Barchasi mashg‘ulotlarda ter to‘kib harakat qilishayapti. Ammo, maydonga faqat o‘n bir kishini tushira olaman. Abega agar maydonga tushmagan bo‘lsa, unga imkoniyat berilmayapti degani emas. Norbekov bilan ham shunday holat. U ham bugun o‘ynamagan bo‘lsa ham, bizga kerakli futbolchi».

“Men umuman raqib tanlamayman va ularni ajratmayman. Superliga vakilimi, Pro ligami, barchasiga qarshi jiddiy tayyorlanamiz. Keyingi raqib «Sho‘rtan» Pro liga vakili bo‘lsa ham, ularga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz. Mana bugun turnir jadvalida birinchi va oxirgi o‘rinda borayotgan jamoalar o‘ynadi, ammo maydondagi o‘yinga qarab bunday deyish qiyin. Chunki, jamoalar saviyasi va darajasi o‘rtasidagi farq sezilmasligi mumkin. Qolaversa, «Sho‘rtan» ham bizga qarshi boshqacha motivasiya bilan maydonga tushadi”.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:47, 06.05.2023.
O'qildi: 1183 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик