Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

FIFA prezidenti Terma jamoalar markazidagi qurilish ishlari bilan tanishdi

FIFA prezidenti Terma jamoalar markazidagi qurilish ishlari bilan tanishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekistonda futbolni ommalashtirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar hamda mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirishga oid masalalarni muhokama qilish maqsadida FIFA prezidenti boshchiligidagi delegasiya mamlakatimizga tashrif buyurgani haqida xabar bergandik.

Bugun Janni Infantino FIFA ko‘magida Toshkent viloyatida qad rostlayotgan O‘zbekiston Terma jamoalari markazini ko‘zdan kechirish uchun qurilish maydoniga tashrif buyurdi. FIFA rahbariga mazkur bazadan o‘rin olgan ob’ektlar, xususan, 4 ta gibrid futbol maydoni, 280 o‘rinli mehmonxona, yopiq basseyn, ilmiy-metodik markaz, tibbiy punkt, restoran va konferenszallari loyihasi haqida ma’lumot berildi. Avvallari terma jamoalar uchun baza qurish orzu bo‘lgani, endilikda mana shu loyiha natijasida barcha yosh toifasidagi terma jamoalarimiz, xususan, milliy va olimpiya jamoasi ham shu yerda yig‘in o‘tkazish imkoniga ega bo‘lishi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, ushbu markazni xalqaro standartlar asosida bunyod etish, jihozlash va faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida bir nechta davlatlarning tajribalaridan keng foydalanilayotgani qayd etildi.

Tashrif davomida futbolchilar istiqomat qiladigan mehmonxonaning yangi binosiga birinchi poydevor quyish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Janni Infantino ushbu baza ko‘p yillar O‘zbekiston terma jamoalarining muvaffaqiyatiga xizmat qilishiga tilak bildirdi. Shuningdek, Osiyo kubogida zafar quchgan O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bilan uchrashuv tashkil etildi. FIFA Prezidenti yoshlarimizni Osiyo chempionligi bilan samimiy tabriklab, Argentina maydonlarida o‘tkaziladigan Jahon chempionatida omad tiladi.

Janni Infantinoga yoshlar terma jamoasining maxsus futbolkasi topshirildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 23:15, 06.05.2023.
O'qildi: 1550 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.