Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua “qaymoqranglilar”ning La Ligadagi omadsiz o‘yinlari fonida jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottini qo‘llab-quvvatladi.
"Ispaniya chempionatida "Real" talablarga javob bermadi, hamma narsada murabbiyni ayblash oson. Lekin futbolchilarga ham qarash kerak, chunki biz maydonga tushdik va eng muvaffaqiyatli o‘yinlarni o‘tkazmadik. Jamoa Anchelottini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi", - deya belgiyalik darvozabon Marca nashriga.
"Real Madrid" Ispaniya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Madridliklar peshqadam “Barselona”dan 14 ochko ortda qolmoqda.