Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Vitaliy Levchenko: «So‘nggi daqiqalarda to‘p o‘tkazib yuboryapmiz»

Vitaliy Levchenko: «So‘nggi daqiqalarda to‘p o‘tkazib yuboryapmiz»

Baho:
+ | -

Superliga 9-turidan o‘rin olgan «Surxon» – «Neftchi» (1:1) uchrashuvidan so‘ng farg‘onaliklar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bugun ikkala jamoa ham g‘alaba qozonishni xohladi. Ammo qayerdadir, nimadir yetishmadi. Shunday ekan, durang adolatli bo‘ldi, deb hisoblayman.

Biz Ramazon oyida ham ochko yo‘qotdik, so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordik. Barchasi, ruhiy holatga bog‘liq. Futbolni 90 daqiqa, soniyalargacha o‘ynash kerak. Shunda muammo bo‘lmaydi.

Albatta, futbol xatolarsiz bo‘lmaydi. Ayniqsa, uchrashuv so‘nggida xato qilyapmiz. Bugun ham birinchi bo‘lim, ham ikkinchi bo‘lim so‘nggida gol o‘tkazib yubordik. E’tiborni yo‘qotmasdan harakat qilish lozim. So‘nggi uchta bahsni barchasida so‘nggi daqiqalarda xato qilib, ochko yo‘qotyapmiz.

«Surxon» jamoasi yosh, tezkor futbolchilardan shakllangan. Jamoa kuchli pressing amalga oshiradi. Ayniqsa, hujumdagi Nimelini alohida ta’kidlagan bo‘lardim. Raqibni o‘rganib chiqib, ularga bo‘sh hududlar qoldirmaslikni ta’kidlagan edim.

Murod Bobojonov nimaga maydonga tushmayapti? Futbolchilarning ko‘rsatkichlarini aniqlaydigan va tahlil qiladigan maxsus dasturlar mavjud. Aynan ushbu dastur natijalariga ko‘ra, u tarkibga kira olmayapti.

Lutfulla To‘rayev haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, u tajribali futbolchi va jamoamiz sardori. Unga biroz vaqt kerak. «Andijon» bilan kechgan o‘rtoqlik o‘yinida bir taym harakat qildi. Tez orada sport formasiga kirib olishiga ishonaman”, – dedi Levchenko.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 05:45, 08.05.2023.
O'qildi: 1271 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик