Myunxenning «Bavariya» jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Bundesliga doirasidagi «Verder»ga qarshi o‘yindan so‘ng intervyu berdi. Jamoa 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
«Bavariya» haqli ravishda uch ochkoni qo‘lga kiritdi. 3:0 hisobida g‘alaba qozonishimiz mumkin edi, ammo bizga xotirjamlik va aniqlik yetishmadi.
Umuman olganda, biz yaxshi o‘yin o‘tkazdik va yirik g‘alabani qo‘lga kiritdik», - deya ta’kidlaydi «Bavariya» ustozi.
Bundesligada joriy mavsum yakunlanishiga 3 tur qolganida «Bavariya» 65 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Tuxel shogirdlari «Borussiya»dan bir ochkoga oldinda.