Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Gvardiola o‘zini yengga oladimi?

Gvardiola o‘zini yengga oladimi?

Baho:
+ | -

"Real Madrid" va "Manchester Siti" chempionlar ligasining yarim finalida "yashirin" finalda o‘ynaydi. Muxlislar va mutaxassislarning ta’kidlashicha, g‘oliblarning har biri hal qiluvchi bahsda so‘zsiz favoritga aylanadi. "Siti" tomonida Erling Xoland va butun jamoaning ajoyib formasi, "Real Madrid" esa Chempionlar ligase qiroli sifatida o‘ynaydi.

“Shaharliklar”da ham ustunlik bor desa bo‘ladi, chunki ularda Xosep Gvardiola bor. Hech kim ispaniyalikni dunyoning eng kuchli murabbiylari qatorida turishiga shubha qilmaydi. Lekin ko‘pincha Chempionlar ligasining hal qiluvchi bosqichlarida uning jamoalari qoqiladi. Pep haddan tashqari aqlli bo‘lib, o‘zini ortda qoldirmoqchi bo‘ladi va turnirni tark etadi. Haqiqatan ham shundaymi?

Murabbiyning haqiqiy kuchi uzoq davom etadigan turnirlarda ko‘rinadi. Ideal ko‘rsatkich chempionatdir. Ularda Gvardiola benuqson: faoliyati davomida (2008 yildan beri) u atigi uch marta mamlakat chempionligini qo‘lga kirita olmagan (“Barsa” bilan 2011/2012 mavsumda va “Siti” bilan 2016/2017 va 2019/2020 yillarda). Ispaniyalik yaqinda "Angliya Premyer-ligasida chempion bo‘lish Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish bilan barobardir", deb ta’kidladi. Ammo aprel oyida u Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni xohlashini aytdi.

Pepning raqiblarini hayratda qoldirish, ularni chiroyli tarzda mag‘lub etish istagi tufayli u ko‘pincha muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Masalan, “Bavariya” murabbiyi sifatida “Real” bilan 2013/2014 yilgi javob yarim finalida u Aren Robben, Tomas Myuller, Mario Manjukich va Frank Riberi bilan 4-2-4 sxemasi bilan o‘ta hujumkor tarkibni tanladi. Natijada myunxenliklar “Alyans Arena”da 0:4 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchradi. O‘yindan so‘ng Gvardiola bu sxemadan butun yil davomida foydalanish haqida o‘ylab yurganini tan oldi, ammo yilning eng muhim oqshomida bu butunlay barbod bo‘ldi.

2015/2016 yilgi mavsumda "Bavariya" "Atletiko Madrid" bilan yarim finalga yo‘l oldi. Diyego Simeone shogirdlari himoya borasida mukammal formada edi. Yakunda madridliklar vaziyatlardan unumli foydalanishdi va mehmondagi gol evaziga finalga chiqishdi. Xosep esa Myunxenda Chempionlar ligasida g‘alaba qozona olmadi.

"Manchester Siti"da Gvardiola pley-offda Mbappe va Bernardu Silvani tarkibida jamlagan "Monako"dan mag‘lub bo‘ldi, "Liverpul"ni markaziy himoyachilar triosi bilan ushlab turishga harakat qildi, "Tottenxem"ga alamli yutqazdi. Va shunga qaramay, 2021 yilda Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi. Finalda Gvardiola yana o‘zining taktikasi qurboni bo‘ldi va mag‘lubiyatga uchradi.

"Agar faoliyatim ertaga yakunlansa, men "Barselona", "Bavariya" va "Siti"da erishgan yutuqlarimdan xursand bo‘laman. Qisqa vaqt ichida bunday martabaga ega bo‘lishimni kutmagan edim. Gap 13-14 yillik muvaffaqiyat emas, qanday o‘ynaganimiz. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar Chempionlar ligasida qo‘limizdan kelganini qilmoqchimiz. Axir, taqdir allaqachon oldindan belgilab qo‘yilgan. Ko‘p yillar davomida men qilayotgan ishimiz muvaffaqiyatsizlikka uchraganini his qildim. Biz yana urinib ko‘ramiz", dedi Gvardiola o‘yindan oldin.

"Siti" juftlikning va musobaqaning favoriti maqomida "Real Madrid" bilan joriy yarim finalga yaqinlashmoqda. “Shaharliklar” Premer-ligada birinchi o‘ringa ko‘tarildi, Angliya kubogi finaliga chiqdi va tarixiy treblni qo‘lga kiritishi mumkin. Jamoa uchun ajoyib motivasiya.

Kiritildi: 18:09, 09.05.2023.
O'qildi: 4243 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.