"Chelsi" yarim himoyachisi N'Golo Kante Maurisio Pochettino qo‘l ostida ishlashga qiziqmoqda, deb xabar beradi The Telegraph.
Futbolchi va klub o‘rtasida yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar bir necha haftadan beri davom etmoqda va "Chelsi" Pochettinoning bosh murabbiy etib tayinlanishi Kanteni shartnomani uzaytirishga ko‘ndira oladi, deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha "Chelsi" yangi murabbiy nomini shu haftada rasman e’lon qilishi ma’lum bo‘lgandi. Maurisio Pochettino asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.













