Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

YECHL. «Real Madrid» - «Man Siti» o‘yini oldidan ba’zi ma’lumotlar

YECHL. «Real Madrid» - «Man Siti» o‘yini oldidan ba’zi ma’lumotlar

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasi yarim finalining joriy mavsumida «Real Madrid» va «Manchester Siti» jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishmoqda.

— Jamoalar CHL doirasida birinchi bor 2012 yilda to‘qnash kelishgan. Qisqa muddatda 8 bor o‘zaro o‘ynashgan. Hozircha tenglik 3-2-3.

— Yarim final bosqichida avval ikki marta uchrashishgan. Birinchi gal 2016 yilda gollar kam urilgan, Real umumiy 1:0 hisobida ustun kelgan. Ikkinchi bor o‘tgan yili ushbu bosqichda uchrashib, gollar shousini namoyish etishdi. Umumiy hisob 6:5 Madrid foydasiga.

— "Siti" bir marta Yevrokubok yutgan. 1970 yilda Kubok egalari kubogi turniri g‘olibi bo‘lgan. Shundan keyin 2021 yilda CHL finaliga chiqib, "Chelsi"ga yutqazdi. Shu o‘rinda Gvardiola manchesterliklarni 4 bor Angliya chempioni qilganini aytib o‘tish kerak. "Real" 14 karra CHL g‘olibi va amaldagi chempion.

— Xoland yevrokuboklarda "Madrid"ga qarshi hozircha o‘ynamagan. Avval 3 marta ispan klublari bilan uchrashgan. Har safar "Sevilya" bilan. Qizig‘i, shu o‘yinlarning har birida dubl qayd etgan.

— Anchelotti va Gvardiola CHLda ikki marta to‘qnash kelishgan. Qizig‘i, ikkala safar ham 1/2 bosqichida (2014, 2021). Ikkisida ham Anchelotti o‘z jamoasini finalga olib chiqqan. 2014 yilda Gvardiola "Bavariya" boshqaruvida edi.

— "Real"da bu o‘yinda yo‘qotishlar ko‘proq. Militaoda diskvalifikasiya. Mendi formadamas. Modrich to‘liq tiklanmagan va tushishi so‘roq ostida. "Siti"da faqat Ake yo‘q.

Anchelotti o‘yin oldidan:
“Biz avvalgi bosqichda yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Himoya ishonchli harakat qildi. Natijamiz yaxshi. Mening ko‘nglim to‘q”.

Gvardiola o‘yin oldidan:
“Biz bu yerga yuqori kayfiyat bilan keldik. Jamoam zo‘r formada. Bu revensh emas, bu chempion bo‘lish imkoniyati. Biz bu yil nihoyat turnirni yutish niyatidamiz”.

Manba: @Davron_Fayziev
Kiritildi: 22:57, 09.05.2023.
O'qildi: 4157 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик