«Barselona» vingeri Rafinya Dias keyingi yozda Kataloniya jamoasini tark etishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq braziliyalik futbolchining Angliya Premyer-ligasiga qaytishi bilan bog‘liq xabarlar tarqalgandi, uning xizmatlariga «Nyukasl» qiziqish bildirmoqda.
«Bu xabar soxta. Bu xabarni tarqatgan odam to‘g‘ri ma’lumotga ega emas va o‘z ishining professionali hisoblanmaydi», — deb yozdi Rafinya ijtimoiy tarmoqlarda.
Rafinya o‘tgan yozda «Lids»dan «Barselona»ga o‘tgan edi. Uning «Barselona»ga o‘tgandagi transferi summasi 58 million yevroni tashkil qilgan.