Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Ikki soniyalik sukut, bu nima? (video)

Ikki soniyalik sukut, bu nima? (video)

Baho:
+ | -

Ispaniya La Ligasi 33-turidan o‘rin olgan «Real Sosyedad» - «Real» o‘yinida hisobni ochgan yaponiyalik hujumchi Takefusa Kubo avvaliga golni nishonlamaydigandek ko‘rindi.

Lekin atigi 2 soniyalik sukutdan so‘ng maydonda «tizza bilan suzish» sahnasini namoyish etdi. Futbolda o‘yin­chilarning sobiq jamoalari darvozasiga urgan gollarini nishonlamasliklari ko‘p kuzatiladi. Lekin bunaqasi...

Kubo Yevropadagi faoliyatini aynan «Real»da boshlagani eslatish kerak. 2019 yili «Tokio» klubidan Ispaniya grandiga yo‘l olgan Yaponiya milliy jamoasi vakili «Madrid»ning atigi 4ta rasmiy o‘yinida maydonga tushdi, qolgan vaqt ijara safarlaridan bo‘shamadi. E’tiborli tomoni, yaponiyalik «Real Sosyedad» safiga to‘laqonli transfer orqali qo‘shilganiga qaramay, poytaxt grandi uning 50 foiz huquqini o‘zida saqlab qoldi. Odatda bunday holatda futbolchi sobiq jamoasi darvozasiga urgan golini nishonlamaydi. Kubo ham Tibo Kurtuani ojiz qoldirgach, avvaliga bir zum sukut saqladi. Biroq 21 yoshli futbolchi atigi 2 soniya ichida fikrini o‘zgartirib, maydonda tizzasi bilan sir­g‘anishdan o‘zi-ni tiyolmadi.

Kuboning golni nishonlash sahnasi tabiiyki, ijtimoiy tarmoqlarda kuchli reaksiya keltirib chiqardi:

- Kuboni avvaliga golni nishonlamaslikka qaror qilgani va 1-2 soniyada fikrini o‘zgartirgani juda yoqdi.

- Bu - «Real»ning La Ligadagi umidi uchun bir daqiqalik sukut...

- Kubo sobiq klubiga hurmat saqlashni xohladi, lekin «tizzada suzish» imkoniyati oldida ojiz qoldi.

O‘yindan keyingi matbuot anjumanida esa «Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga Kuboni ortga qaytarish varianti xususida savol berildi va italiyalik mutaxassis bunga oddiy javob qaytardi: «Bu masalani ko‘rib chiqyapmiz, chunki Kubo juda zo‘r o‘ynayapti. Lekin shoshilmaslik kerak, barchasi haqida bir necha oydan keyin obdon gaplashamiz. Zero, tarkibda futbolchilar ko‘p va har biriga o‘yin vaqti taqdim etish juda qiyin».

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 07:18, 11.05.2023.
O'qildi: 2123 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик