Italiyaning «Milan» klubi sobiq yetakchisi Andrey Shevchenko «Milan» - «Inter» uchrashuvini tomosha qilishga tashrif buyurdi va o‘yin arafasida italiyalik jurnalistlarning ayrim savollariga javob qaytardi.
Ulardan biri «rossonerilar»ning qaysi futbolchisi Andreyni eng ko‘p hayratga solgani haqida bo‘ldi.
«Gattuzo. U bilan eng qiziqarli davrlar o‘tgan. Ammo jamoamizda zo‘r yigitlar ko‘p edi, - deya Shevchenkodan iqtibos keltiradi pianetamilan.it.