Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Superliga. "Paxtakor" - "Buxoro". Prevyu

Superliga. "Paxtakor" - "Buxoro". Prevyu

Baho:
+ | -

Superliganing 10-turida "Paxtakor" "Buxoro" bilan Toshkentda maydonga tushadi.

Jamoalar safida o‘yinni diskvalifikasiya tufayli o‘tkazib yuboradigan futbolchilar mavjud emas.

Chempionatlar tarixida ushbu jamoalar 58 bor o‘zaro bellashgan. 42 bahsda "Paxtakor", 7 bellashuvda "Buxoro" g‘alaba qozongan. 9 to‘qnashuv durang bilan yakunlangan. Raqib darvozasi 134 bor ishg‘ol etilib, buxoroliklar 38 gol urishgan. 16 uchrashuvda "Sherlar" raqibni yirik natija bilan taslim qilgan. 2005 yil eng yirik natija kuzatilgan. Safarda jamoamiz 8:0 hisobida zafar quchgan.

Toshkentdagi 29 bahsning 26tasida "Paxtakor" ustun kelgan. 2 durang va 1 mag‘lubiyat kuzatilgan. Toshkentda "Buxoro" 1996 yilda g‘alaba qozongan.

O‘zaro o‘yinlar to‘purari Server Jeparov va Dragan Cheran sanaladi. Ular buxoroliklar darvozasiga 10tadan gol urgan. Igor Shkvirin va Igor Sergeev 8 to‘p muallifi bo‘lgan. Anvar Soliyevda 6, Mirjalol Qosimov, Vladimir Kozak va Zayniddin Tojiyevda 5tadan gol mavjud. Andrey Strelsov va Leonid Koshelev esa 4tadan to‘p muallifiga aylangan. Raqibdan Ilhom Qurbonov hisobida 3 gol bor. Gennadiy Sharipov va Bahodir Pardayev har ikki jamoa safida to‘p kiritishga erishgan.

"Paxtakor" va "Buxoro" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin may, shanba kuni soat 19:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

Kiritildi: 11:24, 11.05.2023.
O'qildi: 2038 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик