Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Prevyu. «Navbahor» - «Surxon»

Prevyu. «Navbahor» - «Surxon»

Baho:
+ | -

Superliganing 10-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” o‘z maydonida Termizning “Surxon” jamoasini qabul qiladi.   

Mazkur klublar shu kungacha milliy chempionatlarimiz tarixida o‘zaro 32 marta ro‘baro‘ kelishgan. Ushbu o‘yinlarning 22 tasida “lochinlar”ning qo‘li baland kelgan (bitta o‘yinda “Navbahor”ga texnik g‘alaba yozilgan),  6 tasida termizliklar g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 4 ta bahsda esa jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbati – 81-23, “Navbahor” foydasiga.

O‘zaro uchrashuvlarda “Navbahor” 70 ochko, “Surxon” esa 22 ochkoni qo‘lga kiritgan.

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlardagi eng yirik - 9:0 hisobi 1997 yili Namanganda qayd etilgan. Ta’kidlash joizki, namanganliklar o‘tkazilgan 32 ta bahsning 12 tasida termizliklar ustidan yirik hisobda zafar quchishgan.

“Navbahor” hamda “Surxon” klublari bungacha Namanganda 16 marta kuch sinashishgan (2019 yilgi bahs ma’lum sabablarga ko‘ra, Farg‘onada o‘tkazilgan va ushbu o‘yin ham “Navbahor” nominal mezbon bo‘lganligi bois, inobatga olindi).

1992 yili termizliklar Namanganga tashrif buyurishmagani bois, “Navbahor”ga 3:0 hisobidagi texnik g‘alaba yozilgan bo‘lsa, qolgan 15 ta bahsning barchasida “lochinlar” g‘alaba qozonishgan (Farg‘onadagi o‘yinda ham).

Fakt: “Surxon” Namanganda hali ochko ololmagan.

“Navbahor” o‘z maydonida o‘tkazilgan o‘zaro uchrashuvlarda “Surxon” darvozasini 54 marta ishg‘ol etgan bo‘lsa, termizliklar Namanganda “lochinlar” darvozasiga  bor-yo‘g‘i 4 ta to‘p kiritishgan.

Barcha uchrashuvlar natijasi:                         

28.03.1992. "Surxon” – “Navbahor”  – 1:1
29.10.1992. "Navbahor” – “Surxon”  –  +:-
13.04.1994. ASK – “Navbahor”  –      2:3
13.11.1994. "Navbahor” - ASK   –   2:1
11.06.1995. "Navbahor” - ASK –     4:0
19.08.1995. ASK – “Navbahor” –    2:5
26.06.1996. "Navbahor” - ASK –     4:1
29.08.1996. ASK – “Navbahor” –    1:4
13.04.1997. "Navbahor” – “Surxon” – 9:0
04.10.1997. "Surxon” – “Navbahor” – 1:0
18.04.1998. "Navbahor” – “Surxon” – 5:0
08.10.1998. "Surxon” – “Navbahor” – 3:1
06.06.1999. "Navbahor” – “Surxon” – 1:0
14.08.1999. "Surxon” – “Navbahor” – 1:0
19.04.2000. "Surxon” – “Navbahor” – 3:3
30.09.2000. "Navbahor” – “Surxon” – 5:0
23.06.2001. "Surxon” – “Navbahor” – 0:3
31.07.2001. "Navbahor” – “Surxon” – 7:1
28.04.2002. "Surxon” – “Navbahor” – 1:0
19.10.2002. "Navbahor” – “Surxon” – 1:0
14.05.2003. "Surxon” – “Navbahor” – 1:0
13.09.2003. "Navbahor” – “Surxon” – 2:1
15.03.2004. "Navbahor” – “Surxon” – 6:0
05.11.2004. "Surxon” – “Navbahor” – 0:4
21.04.2019. "Navbahor” – “Surxon” – 3:0
19.10.2019. "Surxon” – “Navbahor” – 0:0.
19.08.2020. "Surxon” – “Navbahor” – 1:1
20.11.2020. "Navbahor” – “Surxon” – 1:0
12.05.2021. "Navbahor” – “Surxon” – 2:0
03.10.2021. "Surxon” – “Navbahor” – 1:0.
10.03.2022. "Surxon” – “Navbahor” – 1:2
11.08.2022. "Navbahor” – “Surxon” – 2:0.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Surxon” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 14 may kuni Namangandagi “Markaziy” stadionida soat 19:00 da start oladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 14:20, 11.05.2023.
O'qildi: 1298 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.