Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

«Barselona» Dembele bilan shartnomani 2027 yilgacha uzaytirmoqchi

«Barselona» Dembele bilan shartnomani 2027 yilgacha uzaytirmoqchi

Baho:
+ | -

«Barselona» rahbariyati hujumchi Usmon Dembele bilan shartnomani 2027 yilga qadar uzaytirmoqchi.

"Diario Sport" tarqatgan xabarga ko‘ra, fransiyalik futbolchining agenti o‘tgan haftada «Barselona» rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuvda futbolchiga 2027 yilgacha bo‘lgan shartnoma taklif etildi.

«Barsa» Dembeleni jamoaning muhim o‘yinchisi deb hisoblamoqda. Boz ustiga, u Xavi uchun hujum chizig‘idagi muhim futbolchi hisoblanadi.

«Barselona» yaqin haftalar ichida Dembele bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishmoqchi. Usmonning o‘zi ham "Kamp Nou"da qolishga qarshi emas.

Dembelening amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga yetadi. Joriy mavsumda u La ligada 20ta o‘yinda ishtirko etib, 5 gol va 5 assist muallifiga aylandi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 20:58, 11.05.2023.
O'qildi: 1726 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик