Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Sevilya" futbolchisi: "Har doim o‘z maydonimizda 12-raqamli o‘yinchimiz bilan o‘ynaymiz"

"Sevilya" futbolchisi: "Har doim o‘z maydonimizda 12-raqamli o‘yinchimiz bilan o‘ynaymiz"

Baho:
+ | -

Ispaniyaning "Sevilya" klubi yarim himoyachisi Oliver Torres Yevropa ligasi yarim finali doirasida Turinning "Yuventus" jamoasiga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi. Jang Italiyada bo‘lib o‘tdi va 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.

"Safar o‘yini oldidan qarama-qarshilikdagi intrigani qanday saqlab qolish haqida o‘ylagandik. "Sevilya" o‘z maydonida har doim 12-o‘yinchiga ega. Kelasi payshanba kuni muxlislarimiz qo‘llab-quvvatlashini kutamiz. Jamoa bor kuchini beradi", - dedi Oliver UYEFA matbuot xizmatiga.

"Sevilya" va "Yuventus" o‘rtasidagi javob uchrashuvi 18 may kuni Ispaniyada bo‘lib o‘tadi. Ikki o‘yinda g‘olib chiqqan jamoa Yevropa ligasi finaliga yo‘l oladi.

Kiritildi: 11:45, 12.05.2023.
O'qildi: 857 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.