Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 3-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Omadli Eriksen

Omadli Eriksen

Baho:
+ | -

Daniyalik futbolchi Kristian Eriksen «Laureus Sports Awards - yilning eng yaxshi kambeki» sovrinini qo‘lga kiritdi.

2021 yilning iyun oyida Yevro-2020da fojea yuz berishiga sal qoldi: Kristian Eriksen Daniya – Finlyandiya o‘yini payti o‘limga yaqin qoldi, uning yuragi to‘xtab qoldi. Shifokorlar maydonda uzoq vaqt yordam ko‘rsatishdi, uchrashuv to‘xtatildi. Tibbiy yordam ko‘rsatilgandan so‘ng, Kristian, xayriyatki, hamma uchun normal holatiga qaytdi.

Ammo 29 yoshli daniyalikning faoliyati katta xavf ostida edi. Shifokorlar uning yurak tezligini nazorat qilish uchun yurak stimulyatori o‘rnatdilar, biroq Italiya A Seriyasi qoidalariga ko‘ra, u ushbu moslama bilan o‘ynay olmasdi. Shu sababli daniyalik «Inter» bilan shartnomani bekor qildi va 2022 yilning qishida «Brentford»ga, ​​olti oydan keyin esa «Manchester Yunayted»ga o‘tdi.

8 may kuni u «Yilning kambeki» uchun Laureus Sports Awards mukofotini qo‘lga kiritdi. Kristian doimiy ravishda «Manchester Yunayted» bazasida o‘ynaydi, biroq ikki yil oldin uning futbolni tark etishi bashorat qilingan edi. Marosim davomida jurnalistlar Eriksendan intervyu olishdi va undan yuqori darajaga qanday qaytganini so‘rashdi.

«Shaxsan men o‘rgangan narsa shuki, siz maydonda bo‘lishdan va va yuqori kayfiyatda futbol o‘ynashdan zavqlanishingiz kerak. Agar bu sizni xursand qilmasa, boshqa ishni qiling.

Men uchun eng muhimi qaytib kelib, inson bo‘lib qolish edi. Mening birinchi maqsadim o‘z vaqtida qaytish va to‘laqonli ota bo‘lish edi. Men uchun bu eng muhimi.

Voqea sodir bo‘lgan kunning ertasiga nima bo‘lganiga qaradim, bunda barcha his-tuyg‘ularni boshdan kechirdim va o‘zimni kelajakka tayyorladim. Ammo bu oson emas. A Seriyada ko‘plab qoidalar borligini bilardim. Va «Inter» bilan shartnomam to‘xtatilganida, men nihoyat javob oldimki: qayta o‘ynay olaman, lekin boshqa joyda. Shunday qilib, men «Inter»dagi faoliyatimni yakunlandim, bu yagona to‘g‘ri variant edi.

«Brentford»ni tark etish ham qiyin bo‘ldi. Men u yerda juda yaxshi vaqt o‘tkazdim va menga o‘z jamoasidan imkoniyat bergani uchun Tomas Frankdan doimo minnatdorman. Ammo shu bilan birga, men dastlab murabbiyga qiziqarli taklif paydo bo‘lsa, ketishimni aytdim. Baxtimga, «Yunayted» keldi va bu taklif haqiqatan ijobiy bo‘ldi.

Ha, omadim bor», - dedi Eriksen.

Kiritildi: 15:27, 12.05.2023.
O'qildi: 1438 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик