Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Tachmurod Agamurodov: «Har qanday holatda ham 10 kishi bo‘lib o‘ynash juda qiyin»

Tachmurod Agamurodov: «Har qanday holatda ham 10 kishi bo‘lib o‘ynash juda qiyin»

Baho:
+ | -

"Qizilqum" klubi bosh murabbiyi Tachmurod Agamurodov Superliganing 10-turi doirasida "Olimpik" klubiga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin (0:1) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Chetlatish bizning zararimizga bo‘ldi. Har qanday holatda ham 10 kishi bo‘lib o‘ynash juda qiyin. "Olimpik" juda tartibli jamoa. Bu jabhada bizga og‘ir bo‘ldi. Yigitlarga o‘yin so‘ngigacha harakat qilishganini, kuchini berganini aytdim. Raqiblarni g‘alaba bilan tabriklayman.

— Ikki o‘yindan buyon Viktor Mbaoma hujumda o‘ynadi. Biroq bundan samara chiqqani yo‘q. Boshida Jasur Xolto‘rayev hujum chizig‘ida yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgandek edi. Nega u asosiy tarkibda maydonga tushmayapti?
— Umuman olganda, Viktor yomon o‘yin ko‘rsatgani yo‘q. O‘yin davomida unda birgina yaxshi vaziyat bo‘ldi. Biroq o‘shanda u noto‘g‘ri pozisiya tanladi. Nazariy jihatdan buni muhokama qilib oldik. Boshqa tomondan u yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Yomon o‘ynadi deya olmayman, chunki 10 kishi bo‘lib qolgandan keyin barchaga qiyin bo‘ldi. Shunchaki kuchlarni yangilab olish kerak edi. Biz hali ko‘p ishlashimiz kerak. Mbaoma yomon futbolchi emas. Biroq uning bir qancha funksiyalarini o‘zgartirish lozim. Jamoada ishlanishi kerak bo‘lgan narsalar ko‘p. Jamoa boshqatdan qurilayotganini inobatga olsak, 5 oy davomida o‘yinni qurish qiyin bo‘lyapti. Navbatdagi uchrashuvlarda o‘yinimiz yaxshiroq bo‘lishiga, maksimal kuch bilan ishlashga harakat qilamiz.

Albatta, "Qizilqum" muxlislari oldida uzr so‘rayman. Hozir holatimiz shunday. Bu futbol. Barcha ishdan to‘g‘ri xulosa chiqarish kerak. Shu orqali biz to‘g‘ri yo‘lga tushib olamiz.

Manba: https://t.me/PFC_Qizilqum
Kiritildi: 12:44, 13.05.2023.
O'qildi: 1059 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик