Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Spaletti fenomeni

Spaletti fenomeni

Baho:
+ | -

"Napoli" 22 yil davomida boshqa ko‘plab italyan klublari qila olmagan ishni amalga oshirdi. Neapolliklar Milan va Turin klublarining gegemonligini buzishdi. Bu nafaqat A Seriya, balki 33 yil ichida ilk bor chempion bo‘lgan “adzurrilar”ning o‘zlari uchun ham muhim. Butun mavsum davomida muxlislar va ekspertlar “Napoli”ning hujumkor o‘yini, Viktor Osimxenning gollari va Xvicha Kvarasxeliyaning golli uzatmalariga qoyil qolishdi. Ammo bu jamoaning asosiy qahramoni — Luchano Spaletti.

Luchano Spaletti deyarli butun umrini Italiya futbolida o‘tkazadi. Italiyalikning futbolchi sifatidagi faoliyati beqiyos edi. Luchano deyarli 20 yoshida professional debyutini qilgan. Spalletti bor-yo‘g‘i 11 yil davom etgan faoliyati davomida "Kastelfyorentino", "Virtus Entellu", "Spesiya", "Viaredjova" “Empoli” klublarida o‘ynagan, shundan so‘ng butsalarini mixga ilgan. E’tiborlisi, “Empoli” italiyalikning futbolchilik faoliyatidagi so‘nggi, murabbiylikdagi birinchi klubiga aylandi.

Spaletti faoliyatini yakunlaganidan bir yil o‘tib, 1995 yilda "ko‘klar" murabbiyiga aylangan. Italiyalik 3 yil davomida “Empoli”ni boshqargan. Uning rahbarligida “ko‘klar” C Seriyada g‘alaba qozonishdi va keyin ikkinchi diviziondan elitaga ko‘tarilishdi. Qisqa vaqt ichida Spaletti ajoyib ish olib borib, uchinchi diviziondan jamoani olib chiqdi, bu esa boshqa klublarning e’tiborini tortdi.

"Empoli"dan keyin Luchano "Sampdoriya" va "Venesiya" klublarini boshqargan, ammo bu klublar bilan katta muvaffaqiyatlarga erisha olmadi. “Udineze” bilan hammasi boshqacha tus oldi. Italiyalik "oq-qoralar"ni uch yil boshqardi va ularni Chempionlar ligasiga olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan birinchi murabbiyga aylandi. Qolaversa, mutaxassis qo‘l ostida “Udineze” A Seriyada o‘rtameyona jamoaga aylandi.

"Udineze"dan so‘ng Spaletti "Roma"ga murabbiy bo‘lib keldi. Rimda mutaxassis nafaqat Italiyada, balki xorijda ham hayratga soladigan jamoa tuzdi. Rim klubidagi faoliyati davomida Spaletti ikki marta Italiyaning eng yaxshi murabbiyi sifatida tan olingan. Uning qo‘l ostida rimliklar ikki marta Italiya kubogi va bir marta Superkubogini qo‘lga kiritishdi. "Roma"da Spaletti birinchi marta Skudettoga yaqinlashdi, ammo u chempionlikni qo‘lga kirita olmadi. To‘rt mavsumning uchtasida uning qo‘l ostidagi poytaxt klubi chempionlik poygasida "Inter"ga yutqazib, ikkinchi o‘rinni egalladi.

Shundan so‘ng, italiyalik "Zenit"ni to‘rt yil boshqardi, u bilan ikki marta chempionlikni qo‘lga kiritdi, ammo A Seriyada uning tugallanmagan ishlari bor edi. 2016 yilning yanvarida Luchano bir yarim yil davomida “Roma”ga qaytdi. Birinchi mavsumda uning qo‘l ostidagi rimliklar A Seriyada uchinchi, keyingi mavsumda ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu safar “bo‘rilar” chempionlik poygasida “Yuventus”ga imkoniyatni boy berib, “byankoneri”dan 4 ochko ortda qoldi. Ammo "Roma" mavsumda to‘plangan ochkolar (87) va gollar soni (90) bo‘yicha o‘z rekordini o‘rnatdi.

2017 yilning yozida Spaletti “Inter”ni qabul qilib, Massimiliano Allegridan keyin A Seriyaning ikkinchi eng ko‘p maosh oladigan murabbiyiga aylandi. Birinchi mavsumdan so‘ng Luchano "neradzurri"ni Chempionlar ligasiga qaytardi. Biroq tomonlar kattaroq maqsadlarga erisha olmadilar. 2018/19 yilgi mavsum yakunida “qora-ko‘klar” mutaxassisni iste’foga chiqarib, uning o‘rniga Antonio Konteni tayinladi. "Inter" bilan xayrlashish italiyalik uchun og‘riqli bo‘ldi. "Neradzurri"ni tark etgach, vaqti-vaqti bilan turli xil variantlar paydo bo‘lishiga qaramay, u 2 yil ishsiz qoldi.

2021 yilning yozida Spalettining "Napoli" bilan tarixi boshlandi. E’tiborlisi, dastlab klub prezidenti Aurelio De Laurentis Allegrini tayinlamoqchi edi. Neapolliklar ko‘pincha ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallashdi, lekin hech qanday tarzda chempionlikni qo‘lga kirita olishmadi. Italiyalik Allegrini Skudetto uchun kurashadigan ideal nomzod deb hisoblagan. Biroq, mutaxassisning himoyaviy uslubi “adzurri” falsafasiga mos kelmasligiga ishongan De Laurentis fikrini o‘zgartirdi.

Natijada Allegri “Yuventus”ga qaytdi, “Napoli” esa Spalettini tayinladi. Birinchi mavsumda mutaxassis rahbarligida neapolliklar A Seriyada uchinchi o‘rinni egallashdi. Joriy mavsum oldidan “adzurri”lardan umidlar unchalik katta emas edi, chunki jamoani bir qancha muhim futbolchilar tark etishdi va ularning o‘rnini unchalik mashhur bo‘lmagan futbolchilar egalladi. Ammo, vaqt ko‘rsatganidek, Luchano va sport direktori Kristianu Jiuntoli hamma narsani to‘g‘ri bajarishdi, masalan, himoyachi Kim Min Chje va qanot yarim himoyachisi Xvicha Kvarasxeliya bilan shartnoma imzolashdi.

A Seriyaning birinchi mavsumidayoq yosh gruziyalik gol+pas tizimida (12+10) 22 ochko to‘plashini kim ham o‘ylabdi. Hatto De Laurentis ham bunga ishonmagan bo‘lsa kerak, chunki u o‘tgan yozda futbolchini sotib olishga shubha qilgandi. Natijada, Spalletti va Jiuntoli nomlari katta bo‘lmagan, ammo katta ambisiyalarga ega jamoani yig‘ishdi. Va bu jamoaning bosh qahramoni uning ustozi edi. Skudetto uchun Italiya A Seriyasining 533 ta o‘yini kerak bo‘ldi. Bu chempionlikni qo‘lga kiritgan barcha murabbiylar orasida eng yomon ko‘rsatkich, lekin Luchanoga bu qiziq bo‘lmasa kerak.

Kiritildi: 15:36, 13.05.2023.
O'qildi: 1722 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.