Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Ulug‘bek Baqoyev: «Menimcha, durang adolatli natija bo‘lar edi»

Ulug‘bek Baqoyev: «Menimcha, durang adolatli natija bo‘lar edi»

Baho:
+ | -

Superliga 10-turida safarda «Paxtakor»ga mag‘lub bo‘lgan «Buxoro» klubi bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev psixologik holat, futbolchilarning darajasi, yosh futbolchilar va Dilshod Jo‘rayevning maydondagi pozisiyasi haqida gapirdi.

«O‘yinni yomon boshladik va bu nima bilan bog‘liqligini bilmayman. Bugun chempionga qarshi bahs olib bordik va ular har jabhada bizdan kuchliligini ko‘rsatishdi. Ayniqsa, birinchi taymda ular to‘pga egalik qilishda, texnik aspektlarda va epizodlarda bizdan ustun edilar. Ikkinchi taymda o‘yinimizni o‘zgartira oldik, vaziyatlar yaratdik, ammo, ulardan unumli foydalana olmadik. Oxirgi daqiqalarda, hatto penaltidan ham gol ura olmadik. Menimcha, durang adolatli natija bo‘lar edi», - dedi Baqoyev.

«Tarkibda turli xil saviya va darajadagi futbolchilar bor. Ularning maydondagi hatti-harakatlari aynan darajaga bog‘liq. Agressiya etishmayotganining sababi ham menimcha aynan shundandir».

«Bugun yutqazayotganimiz uchun maydonda taktik o‘zgarishlar qilishimiz kerak edi. Yarim himoya chizig‘imiz yaxshi o‘ynay olmadi. Almashtirishlar sababi, aynan shu. Raqib bir kishi kam bo‘lib qolgani sababli, maydonda o‘zgartirishlar qilishimiz lozim edi. Stanislavliyevichni ertaroq almashtirilishi shu sabablidir».

«Barchasini qisqa vaqtda o‘zgartira oladigan sehrgar emasmiz. Buning uchun vaqt kerak. Bizda yosh iqtidorli futbolchilar etarli va ular bilan ko‘proq ishlashimiz kerak. Ko‘proq mehnat qilsak, natijaga qila olamiz».

«Raqib maydonda bir kishi kamchilik bo‘lib qolgach, ko‘proq hujumga chiqishimiz kerak edi va aynan shuning uchun Dilshod Jo‘rayevni biroz oldinroqqa chiqib o‘ynashini lozim topdik. Bu taktik o‘zgarish edi. Keyingi o‘yinlarda ham uni oldingi chiziqqa yaqin joyda o‘ynatarmiz».

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 07:21, 14.05.2023.
O'qildi: 1197 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.