Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Kuman sobiq shogirdlariga maslahat berdi

Kuman sobiq shogirdlariga maslahat berdi

Baho:
+ | -

«Barselona»ning sobiq bosh murabbiyi Ronald Kuman Lionel Messi, Serxi Buskets va Jordi Albaga yozda Saudiya Arabistoni yoki MLSga borishni maslahat berdi.

Messining kelajagi noaniqligicha qolmoqda, mish-mishlarga ko‘ra, u mavsum oxirida shartnomasi tugagach, «PSJ»ni tark etishga qaror qilgan. Leoning «Kamp Nou»ga qaytishi haqida mish-mishlar yuribdi, esda tutingki, u «Barselona»ni tark etishga majbur bo‘lgan, chunki klub u bilan yangi shartnoma imzolashga qurbi yetmagan. Biroq Kuman «Barselona» endilikda ham Lionel Messining qaytishini moliyaviy jihatdan ta’minlay olishiga shubha qilmoqda.

 

«Barselona» o‘z stadionini rekonstruksiya qilmoqchiligi, klub shunchalik katta qarz bilan ishlashda davom etayotgani meni hayratda qoldirdi. Futbolchilar oddiyroq shartnomalarni qabul qilishlari kerak, shuning uchun Messining qaytishini kutmayman», dedi Kuman ESPNga. Murabbiy Messiga Alba va Buskets bilan Saudiya Arabistoni yoki MLSga borish kerakligini aytdi. Serxi «Kamp Nou»da 15 yilni o‘tkazgandan so‘ng mavsum oxirida «Barselona» bilan xayrlashadi. Ayni paytda, Albaning klubdagi kelajagi noma’lum va u Saudiya Arabistoniga o‘tish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani xabar qilingan. «Messining qaytishi dargumon, Buskets ketadi, Jordi Albaning kelajagiga ishonchi komil emas, ularning uchchalasi juda yaqin do‘stlar. Ularning uchchalasi Mayamiga yoki Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishsa, men ajablanmayman», - deya qo‘shimcha qildi Kuman.

Kiritildi: 22:41, 14.05.2023.
O'qildi: 1904 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик