Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Messini qo‘yib yuborish vaqti keldi

Messini qo‘yib yuborish vaqti keldi

Baho:
+ | -

Lionel Messining ikki haftalik diskvalifikasiyasi «Oltin to‘p»ning yetti karra sohibining «PSJ»dagi faoliyati yakunlanishini anglatadi. Tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik shu yilning yozida to‘xtashi kutilmoqda. So‘nggi voqealar ko‘pchilik bashorat qilgan tanqidni tezlashtirdi. Messi Saudiya Arabistoniga uchib ketdi, bu ajablanarli emas: Leo bu mamlakat elchisi va saudiyaliklardan mahalliy turizmni rivojlantirish uchun munosib pul oladi. «Barsa» prezidenti Laporta esa klub argentinalik futbolchini Kataloniyaga qaytarish uchun hamma narsani qilishini aytdi.

Messining Parij klubi bilan shartnomasida har qanday homiylik bitimlarini imzolash imkoni bor, ammo Arabiston yarim oroliga ekskursiya o‘rniga Leo jamoa bilan bazada ishlashi kerak edi. «PSJ»ning haftalik mashg‘ulotlar rejasi 30 aprel oqshomida e’lon qilindi - barchaga ertasi kuni kelish buyurildi.

Butun Fransiya dam olayotgan, milliy bayramni nishonlayotgandi, ammo futbolchilar bundan oldingi mag‘lubiyatni tahlil qilish uchun klub joylashgan bazaga kelishga majbur bo‘lishdi. Ertasi kuni Leo Saudiyaga uchib ketdi, u mashg‘ulotlarga kelishi kerak edi - argentinalik mashg‘ulotlarda qatnashmaslik uchun maxsus ruxsatga ega emas edi. Natijada Leo mashg‘ulotlar va o‘yinlarda qatnashish uchun ikki haftalik taqiq oldi, jazo uning maoshiga ham ta’sir qildi.

Hech kim klubdan yuqori bo‘la olmaydi - hatto Messi ham

«PSJ»ning pozisiyasi shuki, Messining roziliksiz Saudiya Arabistoniga borishi klubga nisbatan hurmatsizlikdir. Bunday egoist yulduzni olib tashlash orqali fransuz funksionerlari jamoada hech kim ustun bo‘la olmasligini ko‘rsatdi. Asosiysi, hech kim klubdan yuqori bo‘la olmaydi.

Bu to‘g‘ri qaror, garchi qaysidir ma’noda «PSJ»da boshqa tanlov yo‘q edi. Klubning 2023 yildagi holati shunchaki dahshatli: barcha musobaqalarda to‘qqizta mag‘lubiyat. Chempionlar ligasidan chiqqach parijliklar batamom taslim bo‘lishdi va hatto Fransiya chempionligi ham unchalik oson ko‘rinmasdi. Jamoada motivasiya va kurashish istagi yo‘qoldi. So‘nggi yillarda jamoaning kiyinish xonasi allaqachon abgor holga kelib bo‘lgandi.

Hozir ham klub Kilian Mbappe atrofida qurilgan. «PSJ» fransiyalik sardorning loyiha markazida bo‘lishini, uning atrofida eng yaxshi fransuz iqtidorlarini to‘plashni istaydi. Hujumchi bilan asosiy qarorlar allaqachon qabul qilinmoqda: The Athletic xabariga ko‘ra, sport direktori Luish Kampush va murabbiy Galtyening olib kelinishi o‘tgan yozda Mbappe tufayli sodir bo‘lgan.

Messining o‘rnida Mbappega ham xuddi shunday vaziyatda bo‘lisharmidi, degan savol tug‘iladi? Tribunadagi muxlislar argentinalikni unchalik yoqtirmaydi va shunday vaziyatda u Saudiya Arabistoniga ketib qoldi. Messini diskvalifikasiya qilish qarori ko‘p narsani o‘zgartiradi. Muxlislarga argentinalik futbolchining «PSJ» uchun «Barsa»dagidek kuchini bermasligi yoqmaydi.

Bu munosabatlar tiklanishini, shuningdek, tomonlarning yangi shartnoma bo‘yicha muzokara stoliga qaytishini tasavvur qilish qiyin – Messining amaldagi kelishuvi yozda tugaydi va bu bilan ularning Parij bilan tarixi yakunlangandek. Lekin bu umuman falokat emas, Leosiz klub yomonlashib qolmaydi.

Messi bilan xayrlashish muvaffaqiyatli kelajak kalitidir

Ha, ular o‘ziga xos o‘yinchini yo‘qotadilar, ammo argentinalikka moslashish uchun «PSJ» doimo murosa qiladi. Galtyening tizimi Messining mahoratidan maksimal darajada foydalanish uchun ishlaydi, ba’zida yarim himoyachilar Vitinya va Karlos Soler kabi boshqa o‘yinchilarga zarar yetkazadi. Uzoq muddatda Leodan voz kechish jamoaga muvozanatni ta’minlaydi. Messining formasi jamoani chempionlikka yaqinlashtirdi - uni Fransiya chempionati va Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizliklarda albatta ayblab bo‘lmaydi, Leoning 15 gol va 15 golli uzatmasi «PSJ»ga Liga 1da peshqadamlikni saqlab qolish imkonini beradi. 

Ammo «PSJ» klubining uzoq muddatli manfaati uchun to‘g‘ri qadam tashlash kerak. Agar Parij kiyinish xonasi mentalitetini o‘zgartirib, yangi g‘alabalarga erishish uchun muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lsa, Messini qo‘yib yuborish vaqti keldi.

Kiritildi: 23:33, 15.05.2023.
O'qildi: 6228 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.