Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

"Nyukasl" "Manchester Siti" himoyachisidan umidini uzmagan

"Nyukasl" "Manchester Siti" himoyachisidan umidini uzmagan

Baho:
+ | -

«Manchester Siti»ning 21 yoshli futbolchisi Teylor Xarvud-Bellis kelasi mavsumda Chempionlar ligasining ehtimoliy ishtirokchisi «Nyukasl Yunayted»ning e’tiborini tortdi. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, futbolchini ayni damda Premyer-ligada kamroq maqomga ega jamoalar - «Fulxem» va «Vest Xem» ham kuzatmoqda.

«Manchester Siti» esa shartnomasi kelasi mavsum oxirida tugaydigan futbolchining kelajagi borasida hali bir qarorga kelmagan.

Xarvud-Bellis joriy mavsumni Vensan Kompani boshchiligidagi «Byornli»da o‘tkazdi va jamoa bilan chempionlikni qo‘lga kiritdi.

U klub safida barcha musobaqalarda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, bir marta gol urgan va ikki marta golli uzatma bergan.

Transfermarkt 21 yoshli futbolchini 15 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 05:11, 16.05.2023.
O'qildi: 1129 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик