Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Milanning haqiqiy egasi kim?

Milanning haqiqiy egasi kim?

Baho:
+ | -

Gap 2022/23 yilgi mavsum Chempionlar Ligasi yarim finali "Inter" va "Milan" o‘rtasidagi javob o‘yini haqida ketmoqda.

"Inter" derbining birinchi qismini "Milan" bilan kuchli boshladi va ikkita tezkor gol urdi va bu uchrashuv natijasini oldindan belgilab berdi. “Neradzurri” qo‘lga kiritilgan ustunlikdan so‘ng uyushqoqlik bilan harakat qilib, raqibni o‘z darvozasidan uzoqroq tutishga harakat qildi. Javob o‘yinida “rossonerilar" vaziyatni o‘nglay oladimi?

“Inter”

1. "Inter" "Sassuolo"ga qarshi o‘yinda ketma-ket yettinchi g‘alabaga erishdi

A Seriya, Italiya kubogi va Chempionlar ligasidagi ishtirokini inobatga olgan “Inter” “Sassuolo”ni 4:2 hisobida mag‘lub etib, ketma-ket yettinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Ajoyib natija “neradzurri”larning hozir juda yaxshi ekanligini ko‘rsatmoqda. “Sassuolo” bilan uchrashuv “Inter” uchun har tomonlama foydali bo‘ldi. Birinchidan, g‘alaba A Seriyada kuchli to‘rtlikka kirishni deyarli kafolatladi, chunki raqiblar ochko yo‘qotishdi. Ikkinchidan, Indzagi asosiy jamoa futbolchilariga dam berdi (“Milan”ga qarshi birinchi o‘yinga nisbatan to‘qqizta o‘zgarish). Uchinchidan, “Sassuolo”ga “rahmat” aytishi kerak. Alessio Dionisi shogirdlari raqibga yuqori bosim o‘tkazishdi, ko‘p vaziyatlar yaratdilar, faqat omadsizlik va Lukakuning mahorati “Inter”ga g‘alaba qozonish imkonini berdi.

2. Simone Indzagi yana Romelu Lukakuni asosiyda tushirmaydimi?

"Milan" bilan o‘yin oldidan Indzagi faqat jarohat olgan Xoakin Korreaning ishtirok etishiga shubha qilmoqda, ammo bu muammo emas: Lautaro Martines, Romelu Lukaku va birga o‘ynashda foydali bo‘lgan Edin Jeko hozir yaxshi formaga tushishdi. Simone ko‘pincha uni Lautaro bilan qo‘shib, Lukakuga yordamchi rolni beradi. Belgiyalik o‘zining optimal formasiga yaqinlashib qolgandek. So‘nggi olti o‘yinda beshta gol va uchta golli uzatmani amalga oshirgan bo‘lsa, ulardan ikkitasini zaxirada maydonga tushgan holda qildi va o‘sha uchrashuvlarda birinchi daqiqadan maydonga tushganida gol urgan va golli uzatma bergan. Shanba kuni "Inter" "Sassuolo"ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi: Lukaku o‘zining 30 yoshini dubl bilan nishonladi.

“Milan”

1. "Milan" "Spesiya"ga yutqazdi va A Seriyada vaziyatni qiyinlashtirdi.

A Seriyada “Milan” “Spesiya”ga imkoniyatni boy berdi (0:2) va yakunlanishiga 3 tur qolganda to‘rtinchi o‘rindagi jamoa bilan farq 4 ochkoga yetdi. Falokat emas, balki noxush holat. Buni “rossonerilar” rahbaryati yaxshi tushinishdi, o‘yindan so‘ng ular jamoani muloqotga chaqirishdi. Asosan, bu “Inter” bilan eng muhim o‘yin oldidan futbolchilarning motivasiyasi va ularni qo‘llab-quvvatlash istagi kabi ko‘rindi. Ertasi kuni “rossoneri” muxlislarining qo‘llab-quvvatlash aksiyasi davom etdi: ko‘pchilik klub bazasiga yetib keldi va sevimli jamoasining ruhiyatini ko‘tarishga harakat qildi.

2. Leau va Krunich qaytishga yaqin, ammo Bennaser va Messias maydonga tushmaydi

Rafael Leau "Inter"ga o‘yinni asosiy tarkibda boshlashga tayyor. Asosiy umidlar unga bog‘langan, Rafa esa “Inter”ga qanday muammo tug‘dirishni biladi. Pioli uchun tayanchning asosiy futbolchisi sanalgan bosniyalik Krunich bilan ham vaziyat deyarli bir xil. Aynan Rade "Napoli"ning Chempionlar ligasining 1/4 finalidan uyga qaytishiga sababchi bo‘lgandi.

Messias va Bennaser o‘ynamaydi. Marokashlikning jarohati jamoa uchun og‘riqli: Bennaser hujumchilar ortida yaxshi o‘yin ko‘rsatyotgan edi. Hal qiluvchi pallada jamoaning salohiyatini sezilarli darajada zaiflashtiradigan jarohatlar ko‘paygani achinarli holat.

3. "Milan" standart vaziyatlarda “qo‘rqinchli”

Buni birinchi o‘yinda sakkizinchi daqiqada gol urgan Edin Jeko tasdiqladi. “Spesiya” bilan o‘yinda sharmandalik davom etdi, birinchi gol burchakdan, ikkinchisi jarima zarbasidan so‘ng o‘tkazib yuborildi. Bu mavsumda “Milan”standart vaziyatdan jami 19 ta gol o‘tkazib yubordi – bu nafaqat A Seriyaga, balki Chempionlar Ligasiga ham tegishli bo‘lib, o‘tkazib yuborilgan gollarning 40 foizini tashkil qiladi. "Inter"da “ikkinchi qavat"dan gol urishga qodir ko‘plab o‘yinchilar borligini inobatga olsak, Pioli uchun vaziyat juda dolzarb.

Taktikalar

"Inter" 3-5-2 sxemasi bo‘yicha o‘ynaydi va "Milan" bilan javob o‘yiniga to‘liq shay holatda chiqadi. Birinchi uchrashuv bilan solishtirganda, Indzagi birinchi daqiqalardanoq Jekoni zaxirada qoldirib, Martines-Lukaku duyetini birlashtirishga qaror qilsa, faqat bitta o‘zgarish bo‘lishi mumkin.

"Milan"da jarohatlar bilan yetarlicha muammolar bor: Leauning ishtiroki hali ham so‘roq ostida, Krunichni yarim himoyada ko‘rmasligimiz mumkin, Ismael Bennaser va Junior Messiaslar aniq maydonga tushmaydi. Bunday vaziyatda Pioli 3-4-2-1 sxemasiga qaytishi mumkin, xuddi avvalgidek Malik Tiau uchinchi markaziy himoyachi sifatida. Ammo deylik, Stefano hozir tavakkal qilmaydi va 4-2-3-1 bilan o‘ynaydi.

Kiritildi: 12:07, 16.05.2023.
O'qildi: 2845 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.