Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton 3-2 Tottenhem
06/10 21:00 Monsa 1-1 Roma
06/10 21:30 Sevilya 1-0 Betis
06/10 23:45 Fiorentina 2-1 Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

Yozda erkin agentga aylanadigan yulduzlar

Yozda erkin agentga aylanadigan yulduzlar

Baho:
+ | -

Yozgi transfer oynasi ochilish arafasida va bir qancha top futbolchilar erkin agentga aylanadi. Keling, mavsum oxirida klublari bilan shartnomasi tugaydigan beshta yirik nomga qaraymiz.

Roberto Firmino («Liverpul»)

Mart oyida «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp Roberto Firmino joriy mavsum oxirida klubni erkin agent sifatida tark etishini tasdiqladi. Braziliyalik hujumchi «Enfild»da muxlislar yoqimtoyiga aylandi va «qizillar»ning so‘nggi yillardagi muvaffaqiyatida hal qiluvchi rol o‘ynadi.

31 yoshli Firmino «Liverpul» safida barcha musobaqalarda 360 ta o‘yinda maydonga tushib, 109 ta gol urdi va 79 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ammo so‘nggi ikki mavsumda uning kuchi pasayib bordi va «Liverpul» u bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi.

Milan Shkrinyar («Inter»)

Slovakiyalikning kelajagi yil boshidan beri ko‘plab taxminlarga sabab bo‘ldi. Yanvar oyida «PSJ» bilan shartnoma imzolaganmi yoki yo‘qligini tasdiqlash haqidagi so‘roviga futbolchi shunday dedi:

«Ha, shunday, lekin hozircha boshqa gapira olmayman».

Shkrinyarning «Inter» bilan shartnomasi shu yozda tugaydi va shu vaqtda u rasman erkin agentga aylanadi. U Italiya grandi bilan 2017 yildan beri A Seriya, Italiya Kubogi va Italiya Superkubogida g‘olib chiqdi.

Serxio Ramos («PSJ»)

Serxio Ramosning «PSJ» bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyunida tugaydi. U yangi shartnoma borasida klub bilan kelisha olmadi, shu yozda u klubni tekinga tark etishi mumkin.

Ramos «Real»dagi 16 yillik faoliyatidan so‘ng 2021 yilda «PSJ»ga tekinga o‘tdi. Klubdagi birinchi mavsum omadsiz o‘tdi - futbolchini jarohatlar ta’qib qildi, ammo Serxio ikkinchi mavsumni faol o‘tkazdi va jamoa himoyasi uchun juda muhim edi.

37 yoshli Ramos dunyoning eng sovrindor himoyachilaridan biri va boy tajribaga ega. Biroq, u endi avvalgi formasida emasligi aniq, balki u Chempionlar ligasida o‘ynamaydigan klubga ko‘proq mos kelar?!

Ilkay Gyundogan («Man Siti»)

Gyundogan mavsum yakunida erkin agentga aylanadi. U yozda ingliz klubini tark etishi mumkinligi haqida xabarlar bor.

Gyundogan 2016 yilda jamoaga kelganidan beri «Siti»ning asosiy o‘yinchisi bo‘lib qolmoqda. U Angliya jamoasi bilan to‘rt marta Premyer-liga chempionligi, bir marta Angliya kubogi va to‘rt marta Liga kubogini qo‘lga kiritgan. U har xil pozisiyalarda o‘ynay oladigan ko‘p qirrali yarim himoyachidir.

«Siti» Gyundoganning vakillari bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda, biroq hozircha tomonlar kelishuvga erisha olishmayapti. The Athletic xabariga ko‘ra, Gyundogan ikki yillik shartnomani xohlaydi, ammo britaniyaliklar unga faqat bir yillik bitim taklif qilishga tayyor. 32 yoshli Gyundoganga «Barselona» va «Arsenal» kabi boshqa klublar ham qiziqish bildirmoqda.

Lionel Messi («PSJ»)

Shaxsiy darajada uning uchun juda yaxshi mavsum bo‘lishiga qaramay, Lionel Messi «PSJ» muxlislari orasida ko‘plab munozaralarga sabab bo‘ldi. Messining «PSJ»ga o‘tishi muvaffaqiyatsiz deb hisoblanishiga bir qancha sabablar bor. Klub 2021 yilda Messi bilan shartnoma imzolaganidan beri Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishdek asosiy maqsadiga erisha olmadi. Jamoani Leo atrofida qurish kerak, biroq uning himoyada ishlash darajasi eng yaxshi emas, uning jamoadoshlari ko‘pincha qo‘shimcha kuch sarflashlariga to‘g‘ri kelmoqda. Hozirda «PSJ» unga yangi shartnoma taklif qilishi dargumon.

Kiritildi: 19:12, 16.05.2023.
O'qildi: 4192 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.