Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino 2-3 Lasio
29/09 17:00 Selta 1-1 Jirona
29/09 17:30 Braziliya 3-1 Marokash
29/09 18:00 Roma 2-1 Venetsiya
29/09 18:00 Komo 3-2 Verona
29/09 18:00 Ipsvich 2-2 Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao 1-1 Sevilya
29/09 20:00 Ukraina 9-4 Venesuela
29/09 20:30 Man. Yunayted 0-3 Tottenhem
29/09 21:00 Empoli 0-0 Fiorentina
29/09 21:30 Betis 1-0 Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya - Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston - Argentina
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Trebl qayd etish o‘tida yonayotgan Pep Gvardiola mavsumdagi eng jiddiy sinovdan o‘tishi kerak: "Manchester Siti" - "Real" (prevyu)

Trebl qayd etish o‘tida yonayotgan Pep Gvardiola mavsumdagi eng jiddiy sinovdan o‘tishi kerak: "Manchester Siti" - "Real" (prevyu)

Baho:
+ | -

YECHLning ikkinchi finalchisi nomini aniqlash vaqti keldi. Bugun "Manchester Siti" o‘z uyida "Real"ni qabul qiladi. Bu juftlik o‘rtasida kechgan bir hafta oldingi bahs 1-1 hisobida yakun topgandi. O‘shanda Vinisius ilk golni urgan, ortidan Kevin De Bryuyne javob qaytargan edi. Shu sababli bu bahsda hali hech narsa ma’lum emas.
Pep Gvardiola shogirdlari APL chempionligiga juda yaqin kelib turibdi. "Real" esa ichki chempionatda "Barselona"ga imkoniyatni boy berdi. Kataloniyaliklar hafta yakunida chempionlikni nishonlagan edi. Endilikda, "Real" ikkinchi o‘rin uchun "Atletiko" bilan kurashadi. Qayd etish kerakki, bugungi bahs g‘olibi, finalda "Inter" bilan to‘qnash keladi. Kecha tunda "Milan" "ajdaholar" tomonidan ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 3-0 hisobida dog‘da qoldirilgandi.

Javob o‘yini oldidan Gvardiola o‘z fikrlarini bildirib o‘tar ekan, jumladan, shunday deydi: "Bu o‘yin hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bunga shubha yo‘q. Biz raqibga qarshi har bir chiziqda munosib qarshilik ko‘rsata olamiz. Hujum uslubimizni ham o‘zgartirishimiz mumkin. Dastlabki, bahsda raqib himoyachilari Alaba va Ryudiger Erling Xolandga o‘ta yaqin harakat qildi. Shu sabab bo‘shliq topish ancha qiyin ishga aylangan edi. Endi maydondagi ayrim narsalarni o‘zgartirishga majburmiz".

Shuningdek, Anchelotti ham bugungi bahs borasida qisqacha fikrlarini bayon etdi: "Biz birinchi o‘yinni nazoratimizda ushlab turgan edik. Raqib to‘pga egalik qilganida, himoyadagi muvozanatga e’tibor berdik. Keyin esa ularga o‘yin bermay, raqibga muammo tug‘dirdik. Shu yo‘sinda kerakli natijaga erisha olamiz deb o‘ylayman".

O‘yin haqida


Joy: Manchester, Angliya
Stadion: "Etihad Stadium"
Vaqt: 17 may, chorshanba
Start: 20:00 mahalliy vaqt bilan, 00:00 Toshkent vaqti bilan
Bosh hakam: Shimon Marsinyak (Polsha)
VAR: Tomash Kviyatkovski (Polsha)
So‘nggi beshta uchrashuvda:
"Real"da 1 ta g‘alaba
"Manchester Siti"da 3 ta g‘alaba
Duranglar 1 ta.

Jarohatlanganlar haqida

Gvardiola Rodridan foydalana olmasligi mumkin. Ispaniyalik yarim himoyachi "Everton"ga qarshi bahsda kichik jarohat olgan edi. O‘sha bahsda asosiy figuralar: Kevin De Bryuyne, Bernardu Silva, Jon Stounz va Jek Grilishlar zaxirada qoldirilgan. Shunday ekan, ular o‘yinga tayyor bo‘ladi. Himoyachi Natan Ake son qismidan jarohat olib, sog‘aya boshlagan. Uning qaytishi kutilmoqda.

"Real"ning muammolari ham yetarli. Jamoa muhim figurasi bo‘lmish Eduardo Kamavinga maydonga tushmasligi mumkin edi. Futbolchi "Xetafe" bilan bahsda jarohat olgandi. Ammo uning qaytishi aytilgan. Anchelotti uchun muhim bo‘lgan Eder Militao safga qaytadi. U birinchi o‘yinni disfalifikasiya sababli o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgandi. Shuningdek, himoyachi Ferlan Mendi ham jarohatidan sog‘aygan. "Real" qolgan barcha muhim futbolchilaridan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 10:08, 17.05.2023.
O'qildi: 2953 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.