"Arsenal" futbolchisi jamoadan ketishi aniq bo‘ldi. "Kicker" bergan xabarga ko‘ra, jamoa yarim himoyachisi Granit Jaka yozda Germaniyaga yo‘l oladi. U "Bayer Leverkuzen" bilan kelishib olishga ulgurgan.
Fabrisio Romanoning ta’kidlashicha, Jaka uchun Bundesliga klubi 15 million yevro to‘lab beradi. Uning o‘rniga Mikel Arteta "Vest Xem"dan Deklan Raysni keltiradi.