Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Hakimiy ikki o‘yinga diskvalifikasiya qilindi

Hakimiy ikki o‘yinga diskvalifikasiya qilindi

Baho:
+ | -

Fransiya Professional futbol ligasining tartib-intizom qo‘mitasi rasmiy saytida «PSJ» himoyachisi Ashraf Hakimiy ikki o‘yinga diskvalifikasiya qilinganini ma’lum bo‘ldi.

24 yoshli marokashlik Fransiya chempionatining 35-turi doirasidagi o‘yinda «Ayachcho» yarim himoyachisi Tom Mangani bilan mushtlashgani uchun diskvalifikasiya qilindi.

O‘yin 13 may kuni bo‘lib o‘tdi va parijliklarning g‘alabasi (5:0) bilan yakunlandi. Hakimiy va Mangani o‘yin oxirida sportchiga xos bo‘lmagan xatti-harakatlari uchun maydondan chetlatildi. Voqea tufayli «Ayachcho» yarim himoyachisi ham ikki o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.

Joriy mavsumda Hakimiy barcha turnirlarda 38 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

«PSJ» Fransiya chempionatidagi keyingi ikki o‘yinni «Oser» va «Strasburg» jamoalariga qarshi o‘tkazadi. Mavsum yakuniga 3 tur qolganda parijliklar 81 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 19:51, 18.05.2023.
O'qildi: 1363 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик