Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Aleksandr Xomyakov: "Bugungi o‘yin menga ko‘proq ma’qul keldi"

Aleksandr Xomyakov: "Bugungi o‘yin menga ko‘proq ma’qul keldi"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichida doirasidagi “Navbahor” hamda “Andijon” (1:0) jamoalari o‘rtasidagi bellashuvdan so‘ng andijonliklar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov savollarga javob qaytardi.

- O‘yinga qanday baho berasiz?

- Ancha yaxshi o‘yin guvohi bo‘ldik. Oldin chempionatda yutqazgandik va o‘sha mag‘lubiyat uchun revansh olishni niyat qilgandik. Lekin “Navbahor” yaxshi harakat qildi va imkoniyatlarni ham yaratdi. O‘ylaymanki, ular haqqoniy g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Buning uchun “Navbahor”ni g‘alaba bilan tabriklayman.

- Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon”ning moliyaviy muammolarga duch kelgani haqida gapirilyapti. Shu masalaga munosabat bildirsangiz.

- Bu to‘g‘risida aniq gap ayta olmayman. Bu savolga shu yerda nuqta qo‘yaylik. Jamoamiz belgilangan rejaga muvofiq ish olib boryapti. Hayot esa davom etyapti. Bu yerda hech qanaqa sir yo‘q. Hamma joyda muammo bor, buni rad etib bo‘lmaydi. Kelinglar, bu haqida gaplashmasdan, o‘yin xususida gaplashganimiz ma’qulroq.

- “Andijon” oxirgi ikkita uchrashuvda g‘alaba qozonayotib yakunda yutqazdi. O‘sha uchrashuvlarda nima sababdan so‘nggi daqiqalarda beshta himoyachi bilan o‘ynamadingiz? Taktik o‘zgarish qilmadingiz...

- 6 yoki 7 ta himoyachi bilan ham o‘ynashimiz mumkin. Nechta himoyachi bo‘lgan taqdirda ham har xil holat bo‘lishi mumkin. Nima o‘zgarish yuz beradi? Yana bitta himoyachi qo‘ysak ham nima o‘zgaradi? Savolni boshqacharoq qo‘yishimiz kerak-da! Gollar qayerdan va qanday urilayotganini tahlil qilishimiz lozim. Masalan, bugun 5 ta himoyachi bilan o‘ynashimiz shart emasdi. Havodan kelayotgan to‘p uchun kurashlarda raqibga yutqazmayapmiz. Bu unchalik to‘g‘ri savol emas. Boshqa jihatlarini ham o‘rganishimiz kerak.

- Oxirgi daqiqalarda gol o‘tkazib yuborishning sababi nimada?

- O‘zimga ham shu savolni beryapman. Lekin biz qarab turganimiz yo‘q. Oxirgi daqiqalarda muvozanatni saqlash yetishmayapti. Yana qayerdadir mahorat kamlik qilib qolyapti. To‘g‘ri, chempionatdagi oxirgi ikkita uchrashuvda so‘nggi daqiqalarda darvozamizdan to‘p o‘tkazib mag‘lubiyatga uchrayapmiz. Albatta, bu alamli bo‘lyapti. Bu savolga o‘zim ham javob topa olmayapman.

- Chempionat doirasidagi uchrashuvda ham “Navbahor”ga imkoniyat boy berilgandi. Chempionatdagi va Kubokdagi uchrashuv bilan solishtirganda “Navbahor”ning o‘yinida qanday farqlar bor?

- Albatta, farqi bor. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar “Navbahor” jamoasi bilan o‘ynash ancha murakkab. Biz ham harakat qilyapmiz. Birinchi uchrashuvda ko‘proq himoyalangan bo‘lsak, bugungi bahsda ko‘proq o‘yinni nazorat qilishga harakat qildik. Bugungi o‘yin menga ko‘proq ma’qul keldi. Biroq hujumda muammolarimiz borligi ko‘rinyapti. Imkoniyatlarga ega bo‘lyapmiz. Bizning vaziyatlarimiz ko‘proq standart holatlarda bo‘lyapti. Bugungi uchrashuvdan qoniqdim. Kurashyapmiz, ammo ba’zida mahorati yetmay qolyapti.

Kiritildi: 09:15, 19.05.2023.
O'qildi: 1217 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.