"Arsenal" va "Barselona" bir futbolchi uchun kurashadi. Xabarlarga ko‘ra, "Real Sosyedad" yarim himoyachisi Martin Subimendi APL giganti radariga tushgan.
U uchun "Barsa" ham da’vogarlik qiladi. 24 yoshli futbolchi ayni damda 60 million yevroga baholanmoqda. Ammo kataloniyalik bu narxni to‘lay olmasligi mumkin.