Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Xasbik «Sevilya» tomon-mi?

Xasbik «Sevilya» tomon-mi?

Baho:
+ | -

Dog‘istonlik mashhur bloger Xasbulla Magomedov katta futbolga ham bosh suqdi.

Hozircha YELga. «Yuventus» va «Sevilya» o‘rtasidagi turnir yarim finali translyasiyasida mitti yulduz portreti tushirilgan banner ko‘zga tashlandi. Aslida «Sevilya» muxlislari Xasbikka ancha oldin e’tibor qaratishgan. Deylik, fanatlar guruhi rossiyalik blogerni milliy folklorning bir qismiga aylantirib ulgurgan. Hattoki, Xasbik va buyuk Diyego Maradona bitta «ramka»ga solingan ajoyib stiker ham bor.

Aytish joiz, Xasbik va Maradona tasviri «Sevilya»ning «Tvitter»dagi rasmiy  sahifasiga olib chiqilgan. Stikerda jarangdor yozuv ham bor. Andalusiyada argentinalik marhum afsonani nihoyatda qadrlashlari sababi ma’lum. Lekin Xasbik-chi... Aftidan, uni Sevilya chetidagi ovloq joylarda ham yaxshi ko‘rishadi. Har holda, translyasiyada ko‘ringan bannerda Tomares yozuvi ham bor edi. Tomares - Andalusiya provinsiyasi poytaxti tevaragidagi kichik shaharcha. Ko‘rinishidan, Turinda aynan tomareslik muxlislar banner ko‘tarishgan.

Umuman, dog‘istonlik internet yulduzini faqat Sevilya emas, Ispaniyaning boshqa shaharlarida ham yaxshi ko‘rishadi. Xususan, o‘tgan mavsum «Levante» muxlislari «Kadis»ga qarshi muhim o‘yinda Xasbik «figura»sini namoyish etishgandi. Ammo bu yordam bermadi va klub quyi ligaga tushib ketdi, baribir. O‘z o‘rnida aytish kerak, Xasbikning o‘zi hamon muammolar girdobida: u Dog‘istonda yo‘lni to‘sib qo‘ygani uchun hibsga olingandi. Aniqrog‘i, blogerga tegishli kompaniya to‘y bazmi bahona ko‘chalardan birida harakatni butunlay cheklab qo‘ygan. To‘g‘ri, Xasbulla polisiya mahkamasida uzoq qolmadi, qolaversa, u qilmishi uchun barchadan rasman uzr ham so‘radi: «Biroz shov-shuv ko‘tarishni xohlagandik. Qora xayp. Bunaqasi boshqa takrorlanmaydi, xalq. Uzr. Ozgina chegaradan chiqdik va buning uchun javob berishimga to‘g‘ri keldi», - deb yozdi Xasbulla Magomedov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:00, 21.05.2023.
O'qildi: 1694 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик