Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Karrager: "Manchester Siti" "Inter" va "MYU"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarning asosiy favoriti"

Karrager: "Manchester Siti" "Inter" va "MYU"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarning asosiy favoriti"

Baho:
+ | -

Jeymi Karragerning fikricha, "Manchester Siti" bu mavsumda trebl yutishi mumkin.

"Manchester Siti" 37-tur uchrashuvida muddatidan avval Angliya chempioniga aylandi. 3 iyun kuni “shaharliklar” Angliya kubogi finalida “Manchester Yunayted”ga qarshi, 10 iyun kuni esa Chempionlar ligasi finalida “Inter”ga qarshi maydonga tushadi.

“O‘ylaymanki, ular treblni yutadi. Ular “Inter” bilan o‘yinda asosiy favorit bo‘lishadi, xuddi "Manchester Yunayted"ga qarshi Angliya kubogi finalidagi kabi.

Ular buni uddalay oladimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum, ammo ular deyarli har mavsumda aprel yoki maygacha trebl uchun kurashayotganga o‘xshaydi.

Men gap faqat "Manchester Siti"da emas, Pep Gvardiola shunday yuqori talablarni qo‘yganini aytgan bo‘lardim. Ular boshqa murabbiy bilan bunchalik cho‘qqiga chiqmagan bo‘lardi. O‘ylaymanki, biz barcha davrlarning eng buyuk murabbiylaridan biri bilan ishlayapmiz va mening fikricha, u "Manchester Siti" uchun eng muhimi" - dedi "Liverpul"ning sobiq futbolchisi Sky Sports nashriga.

Kiritildi: 15:56, 22.05.2023.
O'qildi: 3931 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик