Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ 1-6 Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) 1-0 Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha 1-0 Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

"Milan" Milinkovich-Savichni sotib olmoqchi

"Milan" Milinkovich-Savichni sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

Sergey Milinkovich-Savich "Milan" e’tiborini tortdi.

Calciomercato xabariga ko‘ra, yarim himoyachi "rossonerilar"ning texnik direktori Paolo Maldiniga yoqadi, u serbni anchadan beri o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lib yuribdi.

"Milan" mavsum yakunini kutmoqda, qachonki Chempionlar ligasiga yo‘l olishi aniq bo‘lsa, transfer uchun harakat boshlanadi. Shuningdek, futbolchi uchun 40 million yevro talab qilayotgan "Lasio" so‘rovlarni kamaytirsa, shartnoma tuzishga harakat qilinishi mumkin.

Milinkovich-Savich o‘zini yangi klubda sinab ko‘rish vaqti kelganini his qilmoqda va hozircha 2024 yilgi shartnomasini uzaytirishdan bosh tortdi. "Lasio" rahbariyati taslim bo‘lish niyatida emas va yarim himoyachiga maoshini yiliga 4 million yevrogacha oshirish va shartnomaga tovon puli bo‘yicha band kiritishni taklif qilishga tayyor.

28 yoshli futbolchi joriy mavsum A Seriyada 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 08:18, 25.05.2023.
O'qildi: 1059 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.