Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

APLning so‘nggi turi oldidan qanday intrigalar mavjud?

APLning so‘nggi turi oldidan qanday intrigalar mavjud?

Baho:
+ | -

Premyer-ligada so‘nggi hal qiluvchi turda ko‘p narsaga oydinlik kiritiladi. Ular qatorida Chempionlar ligasiga chiqadigan jamoa nomi va yuqori divizionni kim tark etishini bilib olish mumkin. Keling, hozirda so‘nggi tur oldidan bizga nima ma’lum va yakunda nimalar kutayitgani haqida gaplashamiz.

Bizga nimalar ma’lum:

“Manchester Siti” – chempion;

Chempionlar ligasida “Manchester Siti”, “Arsenal” va “Nyukasl” o‘ynaydi;

"Liverpul" va "Brayton" Yevropa ligasini naqd qilgan;

“Sautgempton” chempionshipga tushib ketdi.

Birinchi raqamli intriga: kuchli to‘rtlikka kimlar kiradi?

Ikki nomzod: “Manchester Yunayted” va “Liverpul”. Mankunianliklar oldida qiyin vazifa turgani yo‘q. Agar Erik ten Xag jamoasi kamida bitta ochko to‘plasa, kuchli to‘rtlikdan joyni saqlab qoladi. "Manchester Yunayted"ning ikkita o‘yini bor ("Chelsi", "Fulxem") va ikkalasi ham "Old Trafford"da o‘tkaziladi. Agar shunday vaziyatda jamoa 4-o‘rinni qo‘ldan boy bersa, bu katta fojea bo‘ladi. "Liverpul" "Sautgempton"ni mag‘lub etishi va "Manchester Yunayted"ning ikkita o‘z uyidagi mag‘lubiyatiga ishonishi kerak. Shu taqdirda Klopp jamoasi YECHLga yo‘llanma oladi.

Ikkinchi raqamli intriga: Yevropa musobaqalarida Angliyadan yana kim o‘ynaydi?

“Liverpul”ning Yevropa ligasida ishtirok etish ehtimoli katta. Chempionlar ligasi uchun imkoniyatlar bor, lekin ular minimal. "Brayton" Yevropa ligasida o‘ynaydi. “Aston Villa”da ham bunga nazariy imkoniyatlar bor edi, biroq Roberto De Zerbi shogirdlari “Manchester Siti” bilan 1:1 hisobidagi durangdan so‘ng buni yo‘qqa chiqardi.

Uchta klub yettinchi o‘ringa da’vogarlik qilmoqda. Hozir hammasi “Aston Villa”ning qo‘lida. Agar u "Brayton"ni mag‘lub etsa, u Yevropa musobaqalarida ishtirok etishi kafolatlanadi. “Tottenxem” “Villa”dan bir ochko, “Brentford” esa ikki ochko ortda qolmoqda.

Londonliklarning "Lids" bilan mehmonda o‘yini bor va u ligada qolish uchun kurashmoqda. "Brentford" Premyer-ligadagi barcha muammolarni hal qilib bo‘lgan "Siti" bilan uchrashadi. Da’vogarlar uchligi ichida eng yaxshi to‘p farqiga aynan “Brentford” ega.

Uchinchi raqamli intriga: "Sautgempton" bilan chempionshipga kimlar yo‘l oladi?

Uchta klub quyi ligaga tushib ketmaslikka harakat qiladi, biroq faqat bittasi omon qoladi. "Everton"(33)ning ochkolari "Lester" (31) va "Lids" (31)dan ko‘proq. Liverpul klubi o‘z maydonida "Bornmut" bilan so‘nggi uchrashuvni o‘tkazadi. “Lester” o‘z maydonida “Vest Xem”ga, “Lids” esa “Tottenxem”ga qarshi bahs olib boradi. Statistik fakt: “Everton” APL doirasida o‘z maydonida “Bornmut”ni to‘rt marta mag‘lub etgan. Biroq so‘nggi o‘yin mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlangan – 1:3. 

Hammasi juda oddiy “Everton” g‘alaba qozonsa, APLda qoladi. “Lester” va “Lids” chempionshipga ravona bo‘ladi.

Kiritildi: 13:50, 25.05.2023.
O'qildi: 7295 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик