"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola chempionlik bayrami haqida gapirdi.
"Soat 22:30da xotinim bilan uxlayotgandim, charchagan edim. BBCda “Match of the Day” ko‘rsatuvini tomosha qildim, keyin go‘dakdek uxladim. Ammo futbolchilar buni nishonlashlari kerak edi. Premyer-ligada g‘alaba qozonganingda, buni nishonlashing shart", - dedi Gvardiola City Xtra bilan suhbatda.
"Manchester Siti" bu mavsumda trebl yutish uchun imkoniyatga ega. Jamoani oldinda “Manchester Yunayted”ga qarshi Angliya kubogi finali (3 iyun) va “Inter”ga qarshi Chempionlar ligasi finali (10 iyun) turibdi. Aytish joizki, “shaharliklar” hech qachon Yevropaning eng kuchli klub turnirida g‘alaba qozonishmagan.