Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Agent: "Verratti o‘z vataniga qaytishni doim o‘ylaydi"

Agent: "Verratti o‘z vataniga qaytishni doim o‘ylaydi"

Baho:
+ | -

"PSJ" yarim himoyachisi Marko Verratti manfaatlarini himoya qiluvchi agent Rafael Pimenta futbolchining kelajagi haqida gapirdi.

"Italiyaliklar har doim o‘z vataniga qaytish haqida o‘ylaydi, shuning uchun Verrattining A Seriyada o‘ynashini inkor eta olmayman. U yozda "PSJ"ni tark etadimi? Birinchidan, jamoa mavsumni yakunlashi kerak, keyin nima ro‘y berishini ko‘ramiz", - dedi Pimento Calciomercato bilan suhbatda.

30 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Verrattining "PSJ" bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali himoyachining narxini 50 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 20:13, 25.05.2023.
O'qildi: 941 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик