Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Gvardiola Vinisiusni qanday to‘xtatish mumkinligi haqida Xavidan maslahat olgani ma’lum bo‘ldi

Gvardiola Vinisiusni qanday to‘xtatish mumkinligi haqida Xavidan maslahat olgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Ma’lum bo‘lishicha, «Manchester Siti» bosh murabbiyii Xosep Gvardiola «Real»ga qarshi kechgan CHL yarim finali javob o‘yinidan oldin eski qadrdoni - «Barselona» ustozi Xaviga qo‘ng‘iroq qilgan va bir savolga javob olishni istagan...

Qiziq, taktikalar qiroli sanalgan Pepni qaysi masala qiynagan?

Gap shundaki, Madridda bo‘lgan dastlabki o‘yin davomida Vinisius Junior «Manchester Siti» himoyasiga katta muammo tug‘dirdi, mehmonlar tinkasini quritdi. Shunday ekan, Pep uchun javob bahsida braziliyalikni zararsizlantirish o‘ta muhim edi. El Nacional nashri ma’lumotiga ishonsak, ispaniyalik murabbiy Xavi bilan ayni shu masalada bog‘lanib, Vinisius tomonidan bo‘ladigan xavfni qanday bartaraf etish mumkinligi haqida gaplashgan. Binobarin, Vini joriy mavsum «Barselona»ga qarshi kechgan 4ta o‘yinda atigi 1ta gol urgan. Xavi braziliyalikni to‘xtatish yo‘lida Ronald Arauxo xizmatidan foydalanganini ham eslatish joiz.

Xavining Pepga qanday maslahat bergani noma’lum, muhimi, ikki murabbiy muhokamasi samarasiz ketmagandek. Har holda, Vinisius «Ittihod»da mutlaqo ojiz ko‘rindi butun «Real» kabi. Natijada «shaharliklar» «Qirollik klubi»ni 4:0 hisobida dog‘da qoldirib, CHL finaliga yo‘l ochishdi.

Vinisius Juniorning «Etixad stedium»dagi statistikasi:

* Darvoza tomon zarba - 1ta (noaniq)

* Xavfli vaziyat - 0

* Omadsiz yakkama-yakka kurash - 2ta

«MYU»ning afsonaviy himoyachisi Rio Ferdinand yarim final javob o‘yinidan so‘ng Britaniya televideniyesidagi jonli efirida Gvardiola yuborgan SMS-xabarni o‘qib berdi. Aytishicha, Pep xabarni unga uchrashuvdan oldin yuborgan ekan. SMS matni juda qisqa: «Menga ishon, biz g‘alaba qozonamiz». Demakki, ispaniyalik murabbiy Ispaniya klubi to‘sig‘idan o‘tishiga mutlaqo ishongan.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:48, 25.05.2023.
O'qildi: 5780 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик