Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Kazemiro o‘zining rekordini takrorladi

Kazemiro o‘zining rekordini takrorladi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemiro bir mavsumda samarali harakatlar qilish bo‘yicha o‘zining rekordini takrorladi.

Braziliyalik futbolchi Angliya Premyer-ligasining 32-turidan o‘rin olgan "Chelsi" bilan qoldirilgan o‘yinda (4:1) gol urdi.

Bu gol Kazemiro uchun joriy mavsumdagi barcha turnirlardagi yettinchi gol bo‘ldi. 31 yoshli yarim himoyachi Angliya Premyer-ligasida to‘rtta, Angliya kubogida ikkita gol urdi. Shuningdek, Angliya liga kubogida ham uning hisobida bitta gol bor.

Kazemiro bungacha "Real Madrid" safida o‘ynab, barcha musobaqalarda ikki marta bir mavsumda 7 ta gol urgan edi. Bu 2017/2018 va 2020/2021 yilgi mavsumlarda sodir bo‘lgandi.

Braziliyalik yarim himoyachi 2022 yilning yozida "Real"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tgan edi. Yangi jamoa tarkibida u Angliya liga kubogini qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 09:44, 26.05.2023.
O'qildi: 1888 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик