Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona": Ikkita variantimiz bor

"Barselona": Ikkita variantimiz bor

Baho:
+ | -

"Barselona" yozgi transfer oynasi uchun katta rejalarga ega. “Ko‘k-anorranglilar” asosiy maqsad – argentinalik hujumchi Lionel Messidan tashqari yarim himoya chizig‘ini ham kuchaytirishga harakat qilmoqda, deb xabar beradi Mundo Deportivo.

Manbaga ko‘ra, "Barsa" uchun eng ko‘p ma’qul keladigan variantlar "Real Sosyedad" futbolchisi Martin Subimendi va "Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmixdir. Subimendi sotib olish nisbatan qulayroq, chunki transfer narxi allaqachon ma’lum va kelishilgan - 60 million yevro. Shunga qaramay, "Sosyedad" yarim himoyachini "Barsa"ga osonlikcha berish niyatida emas. Basklar jamoasi bosh murabbiyi Imanol Alguasilning so‘zlariga ko‘ra, klub Subimendini qolishga ko‘ndirish qiyin bo‘lmaydi, chunki u anchadan beri Chempionlar ligasida ishtirok etishni orzu qilgan va “Real Sosyedad” keyingi mavsum turnirda ishtirok etish uchun deyarli yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.

Kimmix bilan vaziyat ancha murakkab: uning shartnoma bo‘yicha yana ikki yil "Bavariya"da o‘ynashi bor, Bundesligada muammolar bor klub asosiy o‘yinchilarni yo‘qotishni istamaydi. Kimmix "Bavariya"ni juda hurmat qiladi, bu esa uni "ko‘k-anorranglilar" lageriga jalb qilish juda qiyin bo‘lishining yana bir sababidir. "Barselona" hali myunxenliklar jamoasi bilan rasmiy aloqaga chiqmagan va yaqin orada buni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 15:52, 26.05.2023.
O'qildi: 3773 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.